So’nggi yangiliklar

13:02"Ливерпуль" "Кристал Пэлас" етакчисини сотиб олмоқчи  0 12:39"Барселона" Фатини қандай ҳолатда ижарага бериши аниқ бўлди  0 12:12Ўзбекистонда кимга "Олтин тўп" топширилди?   4 11:51Ўзбекистон U-15 терма жамоаси финалда Туркияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлди  0 11:25Левандовски "Барселона" билан шартномасини узайтириш учун нима қилиши кераклиги маълум  1 10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  2 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  6 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  34 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  8 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0

Superliga 4-turida stadionlarga jami 74909 nafar muxlis keldi Yangiliklar

Superliga 4-turida stadionlarga jami 74909 nafar muxlis keldi

Teglar :  Superliga4-tur
Kecha Superliga bahslarining 4-turi nihoyasiga etdi.

Mazkur turda tomoshabinni jalb etish bo'yicha poytaxt stadinlari etakchi bo'lishdi. “Bunyodkor” va “Buxoro” jamoalari o'rtasidagi o'yinni 15421 nafar ishqiboz bevosita stadionning o'zida tomosha qilgan bo'lsa, “Paxtakor” va “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga 15100 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.

Poytaxt stadionlari uchun bu kabi ko'rsatkich anchadan buyon qayd etilmayotgan edi. SHu nuqtai nazardan ham poytaxt jamoalari o'yinlariga qiziqish turma-tur oshib borayottganligini etirof etish lozim.

Umumiy hisobda esa Superliga 4-turida stadionlarga jami 74909 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.


Qayd etish kerakki, O'zbekiston Futbol Associaciyasi hamda Professional futbol ligasi rahbariyati tomonidan futbolni yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar Superliga bahslarining shiddatli o'tishi bilan birgalikda muxlislarning stadionga qaytarishga ham xizmat qilmoqda.

SHu bilan birga stadionlarga muxlislarni yanada ko'proq jalb qilish uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak? Stadionlarda muxlislarga yana qanday qulayliklar va shart-sharoitlar yaratilishi zarur? O'z taklif va fikr-mulohazalaringizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda bildirib o'tishingiz mumkin.

Muxlislarning barcha takliflari O'zbekiston futbol associaciyasi va Professional futbol ligasi rahbariyatiga taqdim qilinadi va alohida ko'rib chiqilib, shu asosida chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Futbol muxlislar uchun, stadionlarga tashrif buyuring va o'z sevimli jamoangizni qo'llab-quvvatlang!

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика