So’nggi yangiliklar

10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  1 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  1 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  10 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  2 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  6 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  8 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  7 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  9 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  11 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  1 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  14 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0

Superliga, 25-tur: “Nasaf” - “Qizilqum”. Prevyu Yangiliklar

Superliga, 25-tur: “Nasaf” - “Qizilqum”. Prevyu

Teglar :  NasafQizilqum
“Nasaf” Superliganing 25-tur uchrashuvini o'z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Uchrashuv 2 oktyabr, seshanba kuni “Markaziy” stadionida bo'lib o'tadi va soat 20:00da boshlanadi.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan


Mazkur jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, “Nasaf” va “Qizilqum” jamoalari hozirgacha 38 marta kuch sinashgan. Ushbu bahslarning 22 tasida "Nasaf"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g'alaba qozonishgan. 10 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda: 70-39.    

Endi mazkur jamoalar o'rtasidagi eng yirik hisoblar haqida to'xtaladigan bo'lsak, "ajdarlar" “Qizilqum” ustidan 7:1, 5:2 va 4:0 ko'rinishida g'alabaga erishgan. “Qizilqum”ning “Nasaf” ustidan eng yirik hisobdagi g'alabasi 3:1 ko'rinishida.

Qarshida bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvlarga oid

Mazkur jamoalar Qarshida jami 18 marta o'zaro bahslashgan. Ularning 14tasida "Nasaf" g'alaba qozongan, bir uchrashuvda “Qizilqum” jamoasi kichik 1:0 hisobida g'alabaga erishgan. Bu uchrashuv 2008 yili bo'lib o'tgan. Qolgan 3 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. Qarshidagi uchrashuvlarda jami darvozalarga 59 marta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo'yicha ham ustunlik “Nasaf” tomonida: 45-14.

SHu yilning 13 iyul kunida Qarshida o'tgan o'zaro uchrashuvda, jamoalar 0:0 hisobida durang o'ynashgan.

Bo'lajak uchrashuv jamoalarning Qarshidagi 19-uchrashuvi sifatida tarixga kiradi.

Qarshidagi so'nggi besh uchrashuv natijasi

2018 yil. “Nasaf” - “Qizilqum”  0:0
2017 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  2:0
2016 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  2:0
2015 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  3:1
2014 yil. “Nasaf” – “Qizilqum”  2:0

“Qizilqum” jamoasi so'nggi bor 2008 yili Qarshidan uch ochko bilan qaytgan. Ushbu uchrashuv 23-tur doirasida bo'lib, 4 oktyabr kuni o'tgan va “madanchi”lar kichik 1:0 hisobida zafar quchishgan.

Barcha futbol ishqibozlarini ushbu uchrashuvlarga taklif etib qolamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика