So’nggi yangiliklar

17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  0 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  0 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  7 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  4 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5

Superliga 22-turida 3 ta principial o'yin bor. Ular bir vaqtda o'tadi Yangiliklar

Superliga 22-turida 3 ta principial o'yin bor. Ular bir vaqtda o'tadi

Teglar :  Superliga22-tur
Superliganing 21-turi yakuniga etgach, 22-tur uchun qiziqish yanada ortdi.

“Neftchi” — “Qo'qon-1912” klublari o'rtasidagi vodiy derbisi principial ahamiyat kasb etadi. Agar qo'qonliklar kuchli oltilikka ilina olmasa, mazkur o'yinda qo'lga kiritilgan ochko sentyabrdan start oladigan Superliganing 2-bosqichi uchun ham ahamiyatli bo'ladi. Demak, o'yin ancha jiddiy.

“Buxoro” — “Lokomotiv” o'yini borasida ham shunday fikr bildirish mumkin. Mazkur jamoalar kuchli oltilikda ekani aniq bo'lgach, ular hozirdanoq keyingi bosqich sari qadam tashlashi shart. Yani, ularning o'zaro o'yini natijasi turnir jadvaliga o'z tasirini o'tkazadi.

AGMK — “Metallurg” o'yini esa vodiyda bo'lib o'tadigan “Neftchi” — “Qo'qon-1912” uchrashuvi bilan o'zaro principiallik hosil qilgan. Demak, mazkur ikki uchrashuvning bir vaqtda start olishi maqsadga muvofiqdir. Zero, 22-turdan keyin oltilik bilan yo “Metallurg” yoki “Qo'qon-1912” klubi xayrlashishi kerak.

SHundan kelib chiqib, PFL AGMK — “Metallurg” o'yinini 17 avgust sanasiga ko'chirdi. SHu kuni bo'lib o'tadigan barcha uchrashuvlar “Sport” bilan avvalgi kelishuvdan kelib chiqib, 20:30 da start oladi.

18 avgust — shanba kuni esa yana 2 ta uchrashuv bo'lib o'tadi. Bunda PFL poytaxt Toshkentda bir kunda ikki uchrashuv bo'lib o'tmasligiga o'z etiborini qaratdi. SHuningdek, “Sport” telekanaliga qarashli KTS birinchi kuni Buxoroda bo'lsa, ertasiga Navoiyga yo'l oladi. Muxlislar uchun “Navbahor” futbolchilari Navoiyda qanday o'yin ko'rsatishi ham qiziq. SHundan kelib chiqib, uning efirga uzatilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.


22-tur
17 avgust, juma

20:30 “Bunyodkor” — “So'g'diyona”
20:30 “Neftchi” — “Qo'qon-1912”
20:30 AGMK — “Metallurg”
20:30 “Buxoro” — “Lokomotiv”
 
18 avgust, shanba

20:00 “Paxtakor” — “Nasaf”
20:00 “Qizilqum” — “Navbahor”

SHuni qo'shimcha qilish kerakki, har qanday formatda ham mavsumning borishiga qarab o'tkinchi o'yinlar chiqib kelishi mumkin. Biroq Superliganing ayni formatida esa har bir turda qiziqarli va principial o'yinlar soni avvalgilariga qaraganda ko'proq ekani etibor molik. Va bunday o'yinlarda nafaqat chempionlik yoki jon saqlash uchun kurashayotgan, balki turnir jadvalining o'rtasida yurgan klublar ham maydonga tushayotgani diqqatga sazovor.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика