So’nggi yangiliklar

01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:10ЕЧЛ. ПСЖ – "Бавария" (онлайн ҳисоб)  6 01:10ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" – "Реал Мадрид" (онлайн ҳисоб)  49 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  5 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  0 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  0 23:42Роналду Жаҳон чемпионитида ғалаба қозонишни орзу қилмаслигини айтди  10 23:31Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон футзал термаси Саудия Арабистонини мағлубиятга учратди  0 23:17Ислом Исмоилов: "Эртанги ўйинга футболчилар 100% тайёр"  2 22:32Мбаппе пенальти тепиш имкониятини энди бошқаларга бермайди  5 21:52Пеп Гвардиола: "Франция ва Германияда ЕЧЛда ўйнайдиган жамоалар жума куни чемпионат ўйинларини ўтказишмоқда"  4 21:32Криштиану Роналду: "Манчестер Юнайтед" нотўғри йўлда"  13 21:08Эрлинг Холанд: "Мен улар каби бўла олмайман"  11 20:52"Реал" ҳимоячиси: "Яхши ҳимояланиш сирини Италияда ўрганганман. "Ювентус" ва "Рома"дан миннатдорман"  1

Superliga-2022. 24-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Superliga-2022. 24-turning eng yaxshilari

Kuni kecha Coca Cola Superligasining 24-turidan o'rin olgan o'yinlarga yakun yasaldi.

Championat.asia o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.

Superligani tark etib bo'lgan Samarqandning "Dinamo" jamoasi bu tur Qarshida mehmon bo'lishdi. Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq mezbonlar Ivan Solovyovning bosh bilan urgan goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. SHundan keyin samarqandliklar posboni Farhod Rahmatov go'yo -"nima qilsangiz ham bugun menga boshqa gol urolmaysizlar", - degandek qo'riqladi darvozasini. Solovyov, Stanoevich va Aliqulovning o'yindan bergan xavfli zarbalarini bartaraf etdi. 64-daqiqada esa Mateus Lima tomonidan ijro etilgan penaltini ham qaytardi. Aynan u sabab "Dinamo" "Nasaf"ga yirik hisobda yutqazmadi. "Dinamo" darvozaboni Farhod Rahmatov Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 24-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.


Bu turda "Paxtakor" yarim himoyachisi Doston Hamdamov "So'g'diyona"ga qarshi bahsda jarima maydonchasi tashqarisidan chiroyli gol urdi va tur goliga mualliflik qildi. VIDEO


OCHLga yo'llanma beruvchi o'rinlar uchun kurash olib borayotgan AGMK bu turda "Neftchi" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvning birinchi bo'limi farg'onaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Ikkinchi 45 daqiqalikda esa Mirjalol Qosimov o'zgarishlar evaziga o'yinni yutib ketdi. Ha, aynan murabbiy zaxiradan tushgan futbolchilar har uchchala golni urishdi va olmaliqliklarga safarda muhim 3 ochkoni taqdim etishdi. SHu kuni M.Qosimov zaxiradan tushirgan Martin Boake 2ta gol urdi, Alisher Jalilov golli pas berdi Eldor Begimov gol urdi. SHunday qilib, Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, Mirjalol Qosimov 24-turning eng yaxshi murabbiyi deya etirof etildi.


Superliga 24-turida "Olimpik" jamoasi uyda "Metallurg"ni 2:1 hisobida mag'lub etganidan xabaringiz bor. Ana shu uchrashuvning 15-daqiqasida "Olimpik" yarim himoyachisi Farruh Muxtorov jarohat oldi va uning o'rniga majburiy o'zgarish o'laroq Muhammadali G'iyosov maydonga tushirildi. Va G'iyosov kutilmaganda taqdim etilgan imkoniyatdan maksimal foydalandi. U jamoasi tepgan penaltini ishladi (undan oldin raqib himoyachisi Abror Toshqo'zievdan to'pni olib qo'yib penalti ishlangan qarshi hujumni boshlab bergandi), keyin Lobanov qaytargan to'pni darvozaga joyladi. Ikkinchi bo'limda esa o'z dublini rasmiylashtirib qo'ydi. SHu kuni zaxiradan tushib jamoasiga g'alabani olib bergan Muhammadali G'iyosov Championat.asia talqiniga ko'ra 24-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


O'zbekiston chempionati turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>>>> Superliga

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика