So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  13 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  1 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  17 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Superliga-2021. Qaysi jamoa nechta murabbiy o'zgartirdi yoxud mutaxassislar qo'nimsizligi haqida Yangiliklar

Superliga-2021. Qaysi jamoa nechta murabbiy o'zgartirdi yoxud mutaxassislar qo'nimsizligi haqida

Teglar :  Superliga-2021
Jamoalarda murabbiylarning o'zgarishi har mavsum kuzatiladigan holat hisoblanadi.

Joriy yilga kelib bu borada biroz bo'lsada oldinga siljish kuzatildi. 2021 yilgi mavsumda 5ta klub murabbiylar o'zgarishini amalga oshirdi. 

"Turon"

Jamoa ichki chempionat bahslarini Islom Ismoilov qo'l ostida boshladi. Superligada debyutant hisoblangan "Turon" uchun dastlabki turlar omadsiz kechdi. Jamoa 8ta o'yinda g'alaba qozona olmadi. Yaypanda "Qizilqum"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Islom Ismoilov istefoga chiqdi. Keyingi ikki bahsda jamoani polshalik mutaxassis Baguslav Baniak boshqardi. Klub rahbariyati davra so'ngida Igor SHkvirinni taklif qildi. Aynan ushbu mutaxassis qo'l ostida jamoa "Metallurg" bilan bahsda ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Biroq ikkinchi davrani muvaffaqiyatsiz o'tkazgan "Turon" yana murabbiyni o'zgartirishiga to'g'ri keldi. So'nggi uchta uchrashuvda Bahrom Hakimov jamoani maydonga olib tushdi. Biroq bu o'zgarishlarning hech biri Superligada olib qolishinishiga yordam bermadi. 

Islom Ismoilov 8ta o'yin, 3ta durang, 5ta mag'lubiyat 

Boguslav Baniak 2ta o'yin, 2ta mag'lubiyat 

Igor SHkvirin 13ta o'yin, 2ta g'alaba, 4ta durang, 7ta mag'lubiyat 

Bahrom Hakimov 3ta o'yin, 1ta g'alaba, 1ta durang, 1ta mag'lubiyat 



"Andijon"

2020 yilning so'nggida "Andijon"ni Superligada olib qolgan Otabek G'ulomxo'jaev joriy mavsumni ham ushbu jamoada boshladi. Yangidan shakllanish jarayonini o'tkazayotgan jamoada natijalar qoniqarsiz ko'rinish olaverdi. 5ta uchrashuvdan so'ng Otabek G'ulomxo'jaevga chiqish eshiklari ko'rsatildi. Uning o'rniga esa murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan Yorqin Nazarov tayinlandi. Mazkur mutaxassis boshqaruvida jamoa o'yinida ijobiy o'zgarishlar yuz berdi. Har bir o'yinda oxirigacha kurashdi. Namanganda "Navbahor" taslim etildi. SHunga qaramay klub yanada tajribaliroq bo'lgan Viktor Kumikovga ikkinchi davrada ishonch bildirishni maqul ko'rdi. Dastlabki turlarda jamoa o'z o'yinini topa olmagani rost. Biroq sentyabr oyiga kelib biroz jonlanish kuzatildi. Safarda "Mashal", uyda "Paxtakor" taslim etildi. "Lokomotiv" va "Qo'qon-1912" maydonida durang qayd etildi. Ammo bu klubni elitada qolishi uchun etarli bo'lgani yo'q. 


Otabek G'ulomxo'jaev 5ta o'yin, 1ta g'alaba, 1ta durang, 3ta mag'lubiyat

Yorqin Nazarov 7ta o'yin, 1ta g'alaba, 6ta mag'lubiyat

Viktor Kumikov 14ta o'yin, 2ta g'alaba, 6ta durang, 6ta mag'lubiyat


"Metallurg"

Bir necha yillardan beri Superligada barqaror qatnashib, o'rta o'rinlarni egallab kelayotgan "Metallurg" bu mavsum ko'pchilikni ajablantirdi. Ilk turdan keyin Andrey SHipilov klubni tark etdi. Vaholanki yangi mavsum jamoani u tayyorlagandi. "Bunyodkor" bilan bahsda Fevzi Davletov bosh murabbiylikni qo'liga oldi. Ikkita turdan so'ng esa "Paxtakor"da yordamchi murabbiy hisoblangan Jasur Abduraimov taklif etildi. Aftidan o'yinda mazmun paydo bo'layotgan, natijalar chakki emasdi. Nimadir bo'ldi-yu, bekobodliklar ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar girdobiga tushib qoldi. Natijada Jasur Abduraimov o'z o'rnini Artyom Petrosyanga bo'shatdi. Biroq u ham bitta o'yinda jamoani boshqardi. Jadvalda xavfli o'rinlarga tushib qolgan jamoaga "qutqaruvchi" roliga ispaniyalik Luisma Ernandes jalb qilindi. "Turon" va "Qizilqum" bilan kechgan bellashuvlardagi g'alabalar kuchlilar safida qolishiga sababchi bo'ldi. 


Andrey SHipilov 1ta o'yin, 1ta mag'lubiyat

Jasur Abduraimov 20ta o'yin, 5ta g'alaba, 1ta durang, 14ta mag'lubiyat 

Luisma Ernandes 3ta o'yin, 2ta g'alaba, 1ta mag'lubiyat

Fevzi Davletov 1ta o'yin, 1ta g'alaba

Artyom Petrosyan 1ta o'yin, 1ta mag'lubiyat


"Navbahor"

Namanganning "Navbahor" jamoasi o'z odatiga sodiq qolgan holda bu yil ham murabbiylar o'zgarishiga qo'l urdi. Birinchi turda "So'g'diyona"dan uyda uchralgan mag'lubiyatdan so'ng No'mon Hasanov istefoga chiqarildi. Ochig'i mazkur holatni hech kim tushungani yo'q. Ikkinchi turdan boshlab mavsum oxirigacha esa Viktor Jalilov bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bordi. Endilikda navbatdagi mavsumda ushbu vazifani Samvel Babayan bajaradi. 


No'mon Hasanov 1ta o'yin 1ta mag'lubiyat

Viktor Jalilov 25ta o'yin, 10ta g'alaba, 9ta durang, 6ta mag'lubiyat


"Surxon"

"Surxon" avvalgi mavsumlarda bo'lgani kabi murabbiylar o'zgartirish ishini davom ettirdi. Birinchi davrada jamoani Rifat Akramxo'jaev boshqargan bo'lsa, davra so'nggidan bugungi kungacha bosh murabbiylik postida Bahrom Haydarov ishladi. Unga murabbiylar shtabida Yorqin Nazarov va Rustam Aripov yaqindan ko'maklashdi. Yakunda jamoa Superligada qolish vazifasini bajardi. 

Rifat Akramxo'jaev 12ta o'yin, 2ta g'alaba, 2ta durang, 8ta mag'lubiyat

Bahrom Haydarov 14ta o'yin, 5ta g'alaba, 2ta durang, 7ta mag'lubiyat

Etibor berayotgan bo'lsangiz asosan quyi o'rinlardagi jamoalar murabbiylar o'zgarishiga ko'p qo'l urishgan. 2020 yilda 6 ta klubda shunday holat kuzatilgan bo'lsa, 2021 yilda 5tani tashkil qilmoqda. Deyarli katta farq ko'rayotganimiz yo'q. Umid qilamizki keyingi mavsumda bu boradagi ko'rsatkichlar yana pastlaydi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика