So’nggi yangiliklar

21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  3 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  1 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  3 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  5 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  53 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  2 18:18"Реал" "Ювентус"га Эндрикни ижарага олишни таклиф қилганди. Италия клуби рад этди  0 17:55Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ 4-саралаш босқичи ўйинида ишлайди  3 17:46ЖЧ-1998 саралаши. Миржалол Қосимов: "БААга пенальтидан гол ура олмаган ўйинимда майдонга тушишга лойиқ эмасдим, телевизорга қарашга уялганман"  8 17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  9 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  6

Superliga. 13-tur laureatlari Yangiliklar

Superliga. 13-tur laureatlari

Coca Cola Superligada 13-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Saytimiz o'z annasiga sodiq qolgan holda tur laureatlarini aniqladi. 


"Qo'qon-1912" bilan o'tgan derbida "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Oldingi turda ham saytimiz talqiniga ko'ra eng yaxshi posbon bo'lgan Yusupov qo'qonliklarga qarshi bahsda ham ishonchli harakat qildi. To'g'ri "Navbahor" so'nggi daqiqalardan penaltidan gol o'tkazib mag'lub bo'ldi, biroq o'tkazilgan golda O'tkir Yusupovning aybi yo'q. SHunday qilib O'tkir Yusupov championat.asia talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.




"Buxoro" bu turda peshqadamlar orasida borayotgan va hozirgacha yutqazmagan AGMKga qarshi 2:2 hisobida durang o'ynadi. Buxoroliklarning birinchi goli ayniqsa chiroyli chiqdi. Championat.asia talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli muallifi - Izzatilla Abdullaev.






"Buxoro" sobiq murabbiyi Muhsin Muhammadiev jamoani tark etgach uning o'rnini Jamshid Saidov egalladi. Ketma-ket mag'lubiyatga uchrab kelayotgan Buxoro klubi Saidov qo'l ostida g'alabaga erishdi, duranglar qayd etmoqda, umuman olganda ko'plab yo'qotishlarga qaramay jamoa yaxshi o'yin namoyish eta boshladi. AGMK bilan uchrashuvda ham "Buxoro" g'alabaga erishishi ham mumkin edi. SHu bois Championat.asia talqiniga ko'ra Jamshid Saidov 13-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.



"Nasaf" yarim himoyachisi Oybek Bozorov avgust oyida juda ham ajoyib o'ynadi. "Lokomotiv" bilan uchrashuvda Bozorov juda ham faol bo'ldi va bitta gol urishga ham erishdi. Bozorov o'sishdan to'xtab qolmasa yaqin orada terma jamoamizning asosiy futbolchilaridan biriga aylanishiga shubha yo'q. Championat.asia talqiniga ko'ra Oybek Bozorov 13-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

 


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика