So’nggi yangiliklar

19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  7 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   6 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  2 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  34 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  7 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  11 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  18

Superliga. "Nasaf" so'nggi daqiqalardagi gollar evaziga "Neftchi"ni taslim qildi Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" so'nggi daqiqalardagi gollar evaziga "Neftchi"ni taslim qildi

Teglar :  NasafNeftchi
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Neftchi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

Uchrashuv boshlandi. 2-daqiqada Azizjon G'anievning kuchli zarbasini darvozabon ushlab oldi. 28-daqiqada SHarof Muhitdinovning zarbasi noaniq ketdi. 42-daqiqada SHerzod Temirov yaqin masofadan darvozaga zarba berdi, Abdujalilov to'pni ushlab oldi.

Birinchi taymda hisob ochilmadi.

Ikkinchi taym boshlandi.

54-daqiqada CHerannning jarimadan bergan zarbasi jonli devordan qaytdi. 57-daqiqada Lukich jarima to'pini amalga oshirdi, noaniq.

70-daqiqada Abdurahmon Abdulhaqov raqib jarima maydoniga kirib bordi, lekin to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi. 73-daqiqada Odiljon Hamrobekovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasini Abdujalilov ushlab oldi. 

78-daqiqada Alievning "Neftchi" darvozasiga bergan zarbasi noaniq ketdi. 90-daqiqada bosh hakam "Neftchi" darvozasiga penalti belgiladi. To'p Husniddin G'ofurovning qo'liga tegdi. 90-daqiqada Dragan CHeran penaltidan osongina gol urdi - 1:0. 

90+1-daqiqada Abdujalilov jamoasini goldan qutqardi. 90+2-daqiqada burchak to'pidan so'ng CHeranning oshirgan to'pini Golban darvozaga yo'lladi - 2:0.

90+3-daqiqada Doston Tursunovning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi.

O'yin tugadi. "Nasaf" - "Neftchi" 2:0.


Nasaf

Dragan CHeran - 90', Igor Golban - 90'

Superliga. 12-tur

14/05/2018, 18:00

0
:
2
Tugadi

Neftchi

45'
90'
46'  Doniyor Narzullayev (Slavko Lukich)
64'  SHerzod Temirov (Islom Kenzhaboev)
75'  G'olib G'aybullaev (ZHahongir Aliev)
89'  ZHahongir Aliev
90'  Dragan CHeran
90'  Igor Golban
90'  Dragan CHeran
58'  Islom Karimov (Otabek Ahmadzhonov)
74'  Abduraxmon Abdulxaqov (Abdulaziz Yusupov)
75'  Abdulaziz Yusupov
89'  Anvarzhon G'ofurov
90'  Anvarzhon G'ofurov (Davron Mamatov)


"Nasaf" (Qarshi) - "Neftchi" (Farg'ona) 2:0  
14 may 2018. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 5621 tomoshabin.
Hakamlar: 
Aziz Asimov (Toshkent), Timur Galeev (Toshkent), Aleksandr Sidorov (Toshkent), SHuhrat Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: Arslon Hotamov (Toshkent)
Komissar: Baxtiyor Namozov.

Gollar: Dragan CHeran 90 penalti, - 1:0. Igor Golban 90+2, - 2:0 (Dragan CHeran).

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 5.G'olib G'aybullaev (21.Jahongir Aliev, 75), 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 14.SHarof Muhitdinov, 17.Doniyor Narzullaev (55.Slavko Lukich, 46), 22.Igor Golban, 31.Saydullo Rahmatov, 52.SHerzod Temirov (20.Islom Kenjaboev, 64), 69.Dragan CHeran (s), 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umid Ergashev, 4.Maqsud Karimov, 10.Bobir Abduxoliqov, 18.Bobir Davlatov,  30.Xudoyorxon Sagdullaev, 38.Akmal Mozgovoy.

“Neftchi”: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Iskandar SHoyqulov, 3.SHukurali Po'latov (s), 19.Avazbek O'lmasaliev, 20.Husniddin G'ofurov (27.Davron Mamatov, 90+2), 22.Abdujamol Isroilov, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (9.Abdul Aziz Yusupov, 74), 25.Alisher Samatov, 71.Xurshid Asqaraliev, 90.Islombek Karimov (6.Otabek Ahmadjonov, 58), 95.Dostonbek Tursunov.
Zaxira: 21.Farrux Turdaliev, 4.Sunatillo Ermatov, 8.Abbosbek Maxstaliev, 10.Anvar Berdiev, 13.Jamshid Qobulov, 55.Avaz Agaliev.

Ogohlantirishlar: Abdul Aziz Yusupov 75

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика