So’nggi yangiliklar

17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  9 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  4 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  0 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  8 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  17 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  4 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  8 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  15 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  4

Superliga 1-davrasini “Navbahor” peshqadam sifatida yakunladi Yangiliklar

Superliga 1-davrasini “Navbahor” peshqadam sifatida yakunladi

Superligada 1-bosqichning 1-davrasi o'z yakuniga etdi. Yani, jamoalar bir-biri bilan hech bo'lmaganda bir martadan o'ynab chiqdi.

Bu dastlabki xulosalarga sabab bo'lishi mumkin. Hozircha kuchli uchlikni Toshkent klublari yakunlab turibdi. Yani, ular o'z tajribasidan kelib chiqib, mavsumni bir tekis o'tkazishga harakat qilyapti. 

Biroq bu hali hammasi emas. Superliganing avvalgi mavsumlardan farqi shundaki, bunda jamoalar markaziy o'yinlarda o'zini ko'rsatishi kerak. Yani, nisbatan kuchsizroq klublar va ularning natijasi chempionlik poygasiga o'z tasirini o'tkaza olmaydi. 

CHempionlik yo'lida

Agar chempionatni teng ikkiga bo'lib o'rgansak, “Navbahor” o'z-o'zidan peshqadamga aylanib oladi. “Paxtakor”dan qabul qilib olingan mag'lubiyatni aytmasa, Mo'minjonov jamoasi markaziy o'yinlarda engilmadi. Biroq ikkinchi davra oson bo'lmasligini aytish kerak. Zero namanganliklar “Lokomotiv” va “Bunyodkor” maydonida mehmon bo'ladi.

O'z navbatida “Paxtakor”da imkoniyat yaxshiroq ekanini ham unutmaslik kerak. “Navbahor”ni aytmasa, kuchli oltilikning qolgan jamoalarini Arveladze shogirdlari o'z maydonida qarshi oladi. 

Jon saqlash yo'lida

Quyi oltilikda ham raqobat ancha jiddiy. “So'g'diyona” Sergey Lushchanning tashrifidan keyin qaddini biroz bo'lsa-da tiklab oldi. AGMK esa kutilganidan yomonroq o'ynayapti. Bunda ular uchun taqvim ham biroz noqulay kelganini unutmaslik kerak. Zero AGMK dastlabki to'rt turda faqat kuchli oltilik klublariga qarshi kurash olib borishga majbur bo'lgan. 

Oldinda yana 11 ta tur o'yinlari bor. Demak, xatolardan xulosa chiqarib, ochkolar ishlab olish uchun hammada imkoniyat bor. 22-turdan keyin mana shu bo'linish o'zgarmaydi. Hozircha esa nazariy jihatdan hatto “Neftchi”da ham kuchli oltilikka kirib olish uchun imkoniyat mavjud. Demak, olg'a yurishda davom etamiz.

Muallif :
Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика