So’nggi yangiliklar

21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  2 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   1 20:24"Хайденхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 20:19"Астон Вилла" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  4 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  52 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  14 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2

Superkubok sanasi o'zgaradi. Nima uchun? Yangiliklar

Superkubok sanasi o'zgaradi. Nima uchun?

Bugun "Nasaf" o'zi uchun o'ta muhim bo'lgan o'yin bilan yilni rasmiy uchrashuv bilan boshlaydi.

"Al SHabab"ga qarshi kechadigan OCHL o'yinida qarshiliklarga omad tilagan holda, etiboringizni "Nasaf" va "Paxtakor" ishtirokidagi O'zbekiston superkubogiga qaratamiz. Superkubok sanasi etib 14 mart belgilangan. Ammo qaerda o'tishi aniq emas. PFLda 1-2-3 - tur taqvimlari ham elon qilindi. Ahamiyat beramiz:

1-turda "Paxtakor" 3 mart kuni, "Nasaf" 4 mart kuni Superligadagi o'z ishtirokini boshlaydi. Ikkinchi turda "Paxtakor" 10 mart kuni o'ynasa, "Nasaf"ning o'yini PFL rasmiy saytidagi malumot bo'yicha 12 mart sanasiga qo'yilgan. Mana shu erda, tashkilotni dekabrda bergan malumotiga ko'ra Superkubok sanasi 14 mart qilib belgilangan. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, Ro'ziqul Berdiev shogirdlariga juda qiyin bo'ladi. Raqib ham jiddiy, "Paxtakor".

"Paxtakor"ning muammosi esa boshqa bo'ladi. 14 mart kuni Superkubokda qatnashsa, (hali 100% aniq emas) 17da "Navbahor" bilan o'ynashi kerak. Tiklanish uchun tabiiyki vaqt yo'q. Qizig'i, "Nasaf" ham shu kuni "Buxoro"ga safar qiladi. Bu erda endi Katanec bosh planga chiqdi. CHunki 17 va 19 mart oralig'idagi tur uchun, "Nasaf" va "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlarni birinchi sanasiga qo'yib berishini so'radi, FIFA kuni. Qizig'i, O'FA hamon FIFA kunida terma jamoa qachon yig'ilishi va unga kimlar jalb qilingan-u, kimlarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi borasida bir og'iz axborot bermagan. Umuman bunday kelishmovchilik birinchi marotaba bo'layotgani yo'q. Azaldan biz terma jamoa va liga o'rtasida aniq taqvimni bilmaymiz. Bizku mayli, ammo bu klublar uchun juda katta qiyinchilik tug'dirishi aniq. Qachon qaerda o'ynashiga qarab rejalarini tuzishadi. Taqvim borasida ko'p savollar yuzaga keladi. 



"Nasaf"ning taqvimiga qarasangiz, klub 12 martdan 17chigacha 5 kun ichida 3ta o'yin o'tkazadi. Jamoa Buxoroga bir kun oldin borishini hisobga olsak tayyorgarlik uchun vaqt muammoga aylanadi. 

12.03.2023 "Nasaf" - "Turon"

14.03.2023. O'zbekiston superkubogi

17.03.2023. "Buxoro" - "Nasaf"


Bugun aniqlashimizcha, Superkubok sanasi o'zgarishi mumkin ekan.

SHaxsiy taklifim, Superkubokni avgust oyida o'tkazish. Bu yil Pro Ligaga tushib ketgan "Qo'qon-1912" muxlislari uchun ayni muddao bo'lardi bu o'yin, agar mezbonlik vodiyliklarga berilsa. Katta o'yinlarni sog'inadigan muxlislarga, yangilanayotgan chimda Superkubokni tomosha qilish zavq berishi aniq. O'tgan yili Yaypanda haqiqiy futbol bayramiga guvoh bo'lgan edik. Estafetani Qo'qonda qoldirgan maqulroq, deb bilaman. 


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика