So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

Superkubok chiptalari 23 may kuni sotuvga chiqariladi Yangiliklar

Superkubok chiptalari 23 may kuni sotuvga chiqariladi

27 may kuni "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladigan Superkubok uchun chiptalar 23 may kuni sotuvga chiqariladi.

"Nasaf" va "Andijon" klubi muxlislari o'z elkadoshlari joy olishi ko'zda tutilgan sektorlarni aniq ajratib olishlari so'raladi. 

Muxlislar "Bunyodkor" stadionining "Mirzo Ulug'bek" metrosi yaqinidagi kassalardan chipta xarid qilishlari mumkin. Shuningdek, chiptalar iTicket bosh ofisi hamda Humo arena kassalari orqali ham sotiladi.

Qarshi va Andijonda ham chipta sotiladi

Toshkentdagi Superkubok o'yiniga Qarshi hamda Andijondan tashrif buyurish istagida bo'lgan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida Qarshidagi "Markaziy" hamda Andijondagi "Bobur Arena" kassalarida ham ayrim sektorlar chiptalari sotuvi yo'lga qo'yiladi. Bunda 3A va 3B sektorlar chiptalari Qarshida, 3E va 3F sektorlar chiptalari Andijonda sotuvga chiqariladi.  

23 may kuni har ikki klub Superliga 11-turi doirasida maydonga tushishi inobatga olinib, mazkur arenalardagi chiptalar 24-25 may — shanba va yakshanba kunlari sotilishi rejalashtirilgan. 

Onlayn chipta mavjud, ammo uni haqiqiysiga almashtirish talab etiladi

Superkubok uchrashuvi uchun onlayn chipta sotib olish istagida bo'lganlar uchun sharoit mavjud. Biroq onlayn sotuvga qo'yilgan chiptalar nomaqbul maqsadlarda foydalanilishining oldini olish uchun bu kabi chipta sohiblaridan finalga qadar onlayn chiptani haqiqiysiga almashtirib olish so'raladi. iTicket bilan hamkorlikda buning uchun ikki yo'l taklif etiladi:

a) onlayn chipta xarid qilganlar o'z ish rejalaridan kelib chiqib, final bellashuviga qadar Toshkentdagi 3 nuqta kassalaridan onlayn chiptani haqiqiysiga almashtirishlari, yoki

b) iTicket mutaxassislari bilan bog'lanib, onlayn chipta uchun haqiqiy chiptani Toshkent shahri bo'ylab etkazib berish xizmatidan foydalanishlari mumkin: 

71 207 10 71

71 207 20 72 

Sir emaski, aksar holatlarda onlayn chiptalarni soxta yo'l bilan ko'paytirish orqali noqonuniy ravishda sotish holatlari uchrab turadi. Buning oqibatida stadionga birinchi etib kelgan muxlis turniketdan o'tib oladi, soxta chiptaning qolgan nusxalari egalari bilan esa muammolar yuzaga keladi: ular stadionga kira olmaydi. 

Shundan kelib chiqib, stadionga kirish huquqi faqatgina haqiqiy chipta evaziga amalga oshiriladi. Ortiqcha vaqt yo'qotmaslik yoki o'yin arafasida navbatda qolib ketmaslikning oldini olish maqsadida onlayn chipta xarid qilgan muxlislardan haqiqiy chiptani o'yin start oladigan vaqtga qadar kassalardan almashtirib olish so'raladi. Buning uchun har ikki kassa oldida onlayn chipta xarid qilganlar uchun alohida darcha faoliyat ko'rsatadi.  

Chipta narxi va kassaning ishlash vaqti 

Malumot uchun, chiptalar uch toifaga ajratiladi. Superkubokni CIP sektorda tomosha qilish chiptasi 200 000 so'mni tashkil qiladi. 1A, 1B, 1E, 1F sektorlar chiptalari 100 000 so'mdan, qolgan barcha sektorlar uchun chiptalar 50 000 so'mdan sotiladi.

Toshkentdagi kassalar 10:00 dan 20:00 ga qadar faoliyat ko'rsatadi. Qarshi va Andijondagi kassalarda vaqt chipta sotilishiga qarab muvofiqlashtiriladi. Shuningdek, Qarshi va Andijonda chiptalar sotuvining borishiga qarab, 24 may kuni mazkur kassalarga qo'shimcha chiptalar etkazib berilishi mumkin.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика