Sunnatilla Mamadaliev: “Ananaga chek qo'ydik”
19 may 2017 17:10
Yangiliklar
Sunnatilla Mamadaliev: “Ananaga chek qo'ydik”
Oliy liganing 11-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida “SHo'rtan”ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
O'yindan so'ng "So'g'diyona" yarim himoyachisi Sunnatilla Mamadaliev bellashuv borasidagi fikrlari bilan bo'lishdi.
- Bugun juda ham ajoyib o'yin bo'ldi. “SHo'rtan” jamoasini “So'g'diyona” bir necha yillar davomida enga olmay kelgandi. Bugun esa ushbu ananaga chek qo'ydik. Biz jamoa bo'lib o'ynadik. Jamoadoshlarim ham maydonda ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Omad bizga kulib boqdi va biz bugun g'alabaga erishdik. Biz faqat g'alaba uchun kurashdik. “SHo'rtan”ni judayam hurmat qilaman. Men uzim ham ushbu jamoada o'ynaganman. “SHo'rtan”ning keyingi o'yinlariga omad tilayman. SHu o'rinda bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga rahmat, - deydi Mamadaliev.
“So'g'diyona” matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди
Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти
АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди
ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати
Fikrlar