So’nggi yangiliklar

12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  0 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  3 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  9 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  21 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  4

Sulsher: "Aleks Fergyuson men uchun ikkinchi otamdek bo'lgan" Yangiliklar

Sulsher: "Aleks Fergyuson men uchun ikkinchi otamdek bo'lgan"

Ole-Gunnar Sulsher vaqtincha murabbiylik davridagi muvaffaqiyatli ish faoliyatidan keyin MYUda doimiy bosh murabbiyga aylandi.

Ole UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida qanday qilib murabbiy bo'lgani haqida gapirib berdi.

"Aleks Fergyuson men uchun ikkinchi otamdek bo'lgan. Mening uyim ham u yashagan ko'chada joylashgandi. Uning nevaralari mening farzandlarim bilan bir sinfda o'qishgan. Albatta, o'sha yillar davomida bizning o'zaro munosabatlarimiz fantastik darajada edi. Undan nimani so'ramang shunday javob berardi-ki -"Mana aql", - deb qo'yarding. 27-28 yoshligimda hech qachon murabbiy bo'lmayman deb o'ylardim. Hammaning diqqat-markazida bo'lishdan qochishni xohlardim. Ammo, jiddiy jarohat (o'sha jarohat sabab Ole faoliyatini erta yakunlashga majbur bo'lgan)dan so'ng shunday o'yladim: "Qaytib o'ynay olmagan taqdirimda ham futboldan ketishni xohlamayman". SHu tariqa tavakkal qilishga tayyorligimga amin bo'ldim.


Ser Aleks menda vaziyatni tahlil qila olish uchun baza borligini aytdi. Ammo, oldin qarshimda bor yo'g'i 1-2 himoyachi bo'lardi. Men futbol haqida hamma narsani bilaman deb o'ylardim.

Murabbiy bo'lganingdan keyin esa har bir vaziyat bilan bog'liq kichik detallargacha bilishing kerak bo'ladi. Faoliyatimdagi eng asosiy o'yinlar - CHempionlar ligasidagi bahslar. Albatta, sen bunaqangi to'qnashuvlarni sabrsizlik bilan kutasan. Stadionda madxiya yangraydi, sen esa maydonga chiqib kelasan... "Old Trafford"dagi bunday onlarni unutib bo'lmaydi. CHempionlar ligasidagi g'alaba haqida o'ylayapmanmi? Ungacha hali uzoq, taxmin qilmoqchi emasman", - deya Sulsherning so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика