So’nggi yangiliklar

09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  0 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  1 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  0 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  11 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  3 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  5 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  11 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0

Srechko Katanec: "Hozirgi asosiy muammo – jismoniy holatimiz" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Hozirgi asosiy muammo – jismoniy holatimiz"

"CAFA Nation's Cup-2023" musobaqasi birinchi turidan o'rin olgan O'zbekiston va O'mon milliy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng, O'zbekiston bosh murabbiyi Srechko Katanec va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- O'zingiz ko'rganingizdek, o'yin yaxshi bo'ldi. Yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, ikkinchi taymning boshida esa muammolarga duch keldik. Ob-havo ham biroz noqulay edi, shunga qaramay yigitlar yaxshi o'yin o'tkazishdi.

- Jaloliddin Masharipovning uchrashuv haqidagi fikrlari qanday?

- O'yindan avval aytib o'tganimdek, biz o'yin tempini nazorat qilishimiz kerak edi. O'mon terma jamoasining texnikasi kuchli. O'yinni nazorat qilimishimiz juda muhim edi. Bunday o'yinlar Osiyo kubogiga qadar juda foydali bo'ladi. Biz ko'proq kuchliroq terma jamoalar bilan o'ynashimiz kerak, jismoniy holatimizni ham yaxshilab olishimiz kerak.

- SHomurodov bugun tarkibda yo'q edi. SHomurodov yo'qligi sababli bugun ko'proq qisqa paslarga tayanib o'ynadikmi?

 - SHomurodov yo'qligi bunga tasir qilmaydi. Bizning asosiy vazifamiz tezroq pas o'ynash. Keyingi o'yinlarimiz qiyinroq bo'lishi mumkin. Masalan, Tailand bilan kechgan o'rtoqlik uchrashuvida ham qisqa paslarga tayangan holda o'ynagandik va o'shanda Eldor maydonda edi.

- Bugun jamoa birinchi taymda ajoyib o'yin o'tkazdi, lekin siz ikkinchi taymda juda ko'p etiroz bildirdingiz. Bu hatolar bo'lganidan darak beradi. Keyingi uchrashuvlarda ushbu xatolarni to'g'irlaymizmi?

- Men terma jamoaga kelganimga ikki yil bo'ldi. Hozirgi asosiy muammo – jismoniy holatimiz. Biz jismoniy holatni yaxshilashimiz kerak. Osiyo kubogiga qadar 6 oy vaqt bor, lekin 6 oy ichida jismoniy holatimizni to'g'irlashimiz qiyin. Bu vazifa futbolchilarning zimmasida. O'zingiz bilasiz, milliy chempionatimizni juda katta tezlikda o'tadi deb bo'lmaydi. Ikkinchi taymda boshida yigitlar biroz o'yindan uzilib qolishgandek tuyuldi. 

- Jaloliddin, bosh murabbiy o'yin vaqti davomida sizga etiroz bildirdi. Bunga fikringiz qanday?

- Birinchi navbatda o'zimning o'yinimdan kelib chiqib gapiraman. Murabbiyning o'yin davomida etiroz bildirishi yaxshi narsa. Murabbiy emocional bo'lishi mumkin va buning hech qanday yomon tomoni yo'q.  

- Oxirgi o'yinlarda "Al Nassr"da zaxirada qolib ketayapsiz. Bu sizning jismoniy holatingizga tasir qilmaydimi?

- To'g'ri, bir necha o'yin maydonga tushmadim. Buning malum sabablari bor. Vaqti kelsa, bu sabablarni ochiqlayman. Klubda kam o'yin amaliyoti berilayotgani menga bog'liq emas. Men qo'limdan kelguncha jismoniy holatimni yaxshilashga harakat qilayapman. O'yin vaqtida bor salohiyatimni ishga solaman. Agar men bor kuchim bilan o'ynamasam, o'z vatanimga hiyonat qilgan bo'laman.

- Keyingi uchrashuvda Abdiholiqovni asosiy tarkibda ko'ramizmi? 

- Balki, ko'ramiz.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика