So’nggi yangiliklar

17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  9 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  10 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  4 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  2 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  6 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  2 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2

Sportni rivojlantirish vazirligida Argentina elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi Yangiliklar

Sportni rivojlantirish vazirligida Argentina elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov Argentina Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Eduardo Antonio Zuaynni qabul qildi.

Uchrashuvda O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etdi.

Suhbat davomida ikki mamlakatlar o'rtasida sport sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati, kelgusidagi istiqbollari va hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

Elchi janoblari Argentina Yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasining amalga oshirilish jarayonini katta qiziqish bilan kuzatayotganini, bu borada O'zbekiston bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishni ustuvor vazifa deb bilishi va ikki tomonlama aloqalar yo'lida qatiy amaliy choralar ko'rishga tayyor ekanligini malum qildi.

Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov tomonidan ham Argentina mamlakati sport sohasida, xususan futbolda ko'plab yutuqlarga erishgani va bu borada O'zbekiston futboli uchun katta tajriba almashish uchun yaxshi imkoniyat ekanligini takidladi.

O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov Argentina futboli jahon miqyosida ulkan nufuzga ega ekanligini qayd etib, ikkala mamlakatning barcha yosh toifalarida, xususan, milliy terma jamoalar hamda klublar o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazish, futbol murabbiylarini tajriba almashish uchun Argentina murabbiylar markaziga yuborish yuzasidan o'z takliflarini bildirib o'tdi.

Elchi janoblari Eduardo Antonio Zuaynni mazkur takliflarni qo'llab quvvatlagan holda, hamkorlikka tayyor ekanligini malum qildi.

Uchrashuv davomida kelgusida hamkorlikda tashkil etiladigan tadbirlar hamda loyihalari muhokama qilindi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика