So’nggi yangiliklar

01:41Илёс Зейтуллаев: "Женнифер Лопес ва шунча одамни майдондан ҳайдай олмайман-ку"  4 01:11Элдор Мойлиев: "Биз ҳам "Бунёдкор" ҳам ғалаба қозониб кетиши мумкин эди"  0 00:51Энди Жексон "Челси"га керак эмас  2 00:28Акмал Рустамов: "Ўйлайманки, биз ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз"  0 00:16"Манчестер Юнайтед" клуби қайта тамирланган Каррингтон базасини намойиш этди  0 23:57Улуғбек Бакаев: "Агар дуранг бўлганида адолатли бўларди"  4 23:31"Пахтакор"ни чемпионлик курашидан чиқаришга ҳали эрта" — Азамат Абдураимов билан иккинчи давра старти таҳлили   2 23:16Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Бунёдкор" "Шўртан"ни мағлуб эта олмади  10 22:57Шоҳруз Норхонов: "Жамоамга ғалаба келтирганимдан хурсандман"  0 22:44Февзи Давлетов: "Жанговар дуранг бўлди"  0 22:18Ҳаким Фузайлов: "Футболчиларимизга озгина дадиллик етишмади"  2 22:05Суперлига. "Қизилқум" "Бухоро"ни мағлуб этди, Норхонов собиқ жамоасига гол урди  13 21:53"Челси" сўнгги марта 1 ярим йил олдин гол урган ҳужумчисини сотиб юборди  2 21:34Душан Тадич БАА жамоасига ўтди  0 21:03Суперлига. Олмалиқда кечган "Хоразм" – "Сурхон" учрашувида жанговар дуранг  15

"Sport" kanalida yangi ko'rsatuv - "Maydon" Yangiliklar

"Sport" kanalida yangi ko'rsatuv - "Maydon"

Teglar :  MaydonSport tv
Kecha "Sport" kanalida yangi loyiha "Maydon" tok-shousining syomka jarayoni bo'lib o'tdi.

Eldor Mustafoev va Farruh Rasulov muallifligi ostidagi yangi loyihada Kelishilgan o'yinlarni aniqlash bo'yicha ekspertlar kengashi raisi Ahrol Inoyatov, Hakamlar va nazoratchilarni tayinlash bo'limi boshlig'i Bobur Haydarov hamda PFL matbuot xizmati bo'limi boshlig'i o'rinbosari Grigoriy Rtveladze mehmon sifatida ishtirok etishdi.

SHuningdek, bir qator jurnalistlar va O'zbekiston terma jamoasi muxlislar guruhining faollari qatnashishdi.

"Maydon" ko'rsatuvida saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov ham ishtirok etdi.

Hozirda barchaning diqqat-etibori terma jamoamizga qaratilgan. Yaqin ikki hafta ichida O'zbekiston terma jamoasining JCH-2018 yo'lidagi taqdiri hal bo'ladi.

SHu boisdan ham "Maydon" ko'rsatuvi ijodkorlari tok-shouning birinchi sonini terma jamoamiz mavzusiga qaratishgandi. Ammo mualliflarning aytishicha, ko'rsatuvga taklif etilgan terma jamoa murabbiylar shtabidan hech kim kelmadi va ular ko'rsatuvga boshqa mutaxassislarni chaqirishga majbur bo'lishdi.

Garchi vakolati jihatidan terma jamoaga aloqador bo'lmasada, ko'rsatuvda mehmon sifatida ishtirok etgan O'FF vakillari bilan ancha qizg'in va muammoli mavzularda savol-javoblar, bahs-munozaralar bo'lib o'tdi.

Jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan mavzularda savol berishdi.

Ko'rsatuvda tabiiyki asosiy mavzu terma jamoa bo'ldi. Oldinda turgan ikkita muhim uchrashuvlar hamda Qirg'iziston bilan bo'ladigan "yopiq" o'rtoqlik o'yini haqida qizg'in fikrlar bildirildi.

Tajribali futbol mutaxassisi Ahrol Inoyatov terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanning bazi qarorlarini tushunmasligini, nega intervyu bermayotgani, Qirg'iziston bilan bo'lajak bahs nega yopiq holda o'tishiga o'z munosabitini bildirdi.
SHuni qayd etish kerakki, Ahrol Inoyatov bir qancha mavzularda, xususan kelishilgan o'yinlar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Bobur Haydarov esa O'zbekiston terma jamoasining Toshkentdagi o'rtoqlik o'yinlariga nega doim mahalliy hakamlar tayinlashiga oydinlik kiritdi.

SHuningdek, Haydarov yaqin kelajakda O'zbekistondan Ravshan Ermatovga munosib vorisni ko'rmayotganini takidladi.

PFL vakili Grigoriy Rtveladze esa taqvimdagi o'zgarishlar, noqulaylik, o'yinlar vaqti o'zgarishi va uning OAV vakillari hamda muxlislarga tug'dirayotgan qiyinchiligi borasidagi savollar bilan siylandi.



Ahrol Inoyatov ham PFL manziliga bildirilgan tanqidlarga o'z munosabitini bildirdi.

Ko'rsatuv qiziqarli bahs-munozaralarga boy bo'ldi.
"Maydon"da asosiy mavzu terma jamoa bo'ldi va unda boshqa qator mavzular ham ko'tarildi.

O'zbekiston terma jamoasi muxlislar guruhi azosi SHavkat Imomov Qirg'iziston bilan bo'ladigan o'yinda muxlislar futbolchilarga ajoyib sovg'a tayyorlashganini aytib, uchrashuvni "yopib" qo'yishganidan juda ranjishganini takidladi.
Kuyunib gapirgan ishqiboz, barcha qilingan mehnatlari va syurprizlari barbod bo'lishini aytdi. Efir orqali muxlis SHavkat Imomov o'yinni muxlislar uchun ochiq qilishlarini iltimos qildi.

SHavkat Imomovni takidlashicha, 5 sentyabr kuni "Bunyodkor" stadionida muxlislar terma jamoamiz fantastik qo'llab-quvvatlaydi va ularga dahshat sovg'a tayyorlashgan. Hech kim kutmagan mozaykani Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi muxlislar guruhi tayyorlayotgani malum qilindi.

Muxlislarni O'zbekiston terma jamoasi, xususan Babayanga murojaati: "Iltimos, Xitoyni yutib kelinglar, 5 sentyabrda esa Janubiy Koreyani biz o'zimiz muxlislar bilan yutib beramiz", - deydi jon kuydirib SHavkat Imomov.
 

"Maydon" ko'rsatuvi bugun soat 20:00da efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика