So’nggi yangiliklar

08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  0 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланди  2 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  0 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  0 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   0 06:40Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Маъруфалиев: "Бухоро"да янги мураббий таъсири кўринди, Фарғонада тенг ўйин бўлди. Лекин..."   4 02:01А Серия. "Ювентус" "Верона"ни мағлуб этолмади, "Милан" эса йирик ҳисобда ғалаба қозонди   11 00:55Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  2 00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  60 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  2 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  5 23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  6 23:27Тимур Кападзе - Англияда. Мутахассис у ерда нима қилмоқда?  23 22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  8 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  5

So'rovnoma yakunlari. Ko'pchilik Abramov faqat terma jamoada ishlashi kerak deyapti Yangiliklar

So'rovnoma yakunlari. Ko'pchilik Abramov faqat terma jamoada ishlashi kerak deyapti

Telegeram kanalimizga Vadim Abramov bilan bog'liq so'rovnoma qo'ygandik.

Malumki, Vadim Karlenovich bir paytning o'zida ham O'zbekiston milliy terma jamoasi, ham "Bunyodkor" klubida ish olib bormoqda. Bu birinchi marta ro'y berayotgan holat emas. Avval ham ikkita joyda ishlagan murabbiylarni ko'rganmiz. 

Lekin shunisi aniqki, bu o'rinda baribir bir ish ikkinchisiga xalaqit beradi. Ayniqsa gap mamlakatning birinchi raqamli jamoasi haqida borayotgan bo'lsa. 

Sizningcha, Vadim Abramov... deb boshlangan so'rovnoma qatnashchilarining eng ko'p 39 foizi murabbiy faqat terma jamoada ishlashi kerak degan variantda to'xtalgan. Faqat "Bunyodkor"da ishlashi kerak javobi 15% ovoz to'pladi. SHuningdek, 9 foiz ishtirokchi ham terma jamoa, ham "Bunyodkor"dan ketishi kerak degan bo'lsa, faqat 6 % ishtirokchigina har ikkalasida ishini davom ettirgani maqul degan. 

So'rovnomada eng oxirgi variant sifatida "O'zbek futbolidan ko'nglim qolgan" deb yozgandik. Buni qarangki, 31 % muxlis aynan shu variantni belgilagan. Ehtimol, Suriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida mag'lub bo'lganimizdan so'ng ko'pchilik g'azab bilan shu javobni bosgan bo'lsa kerak.

Bugun terma jamoamiz Iroqqa qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Nima bo'lgan taqdirda ham vakillarimizga omad tilab qolamiz. Vadim Abramov mavzusi esa hali davom etadi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика