So’nggi yangiliklar

10:45Жанлуижи Доннаруммага ТОП клублардан таклиф тушди  1 10:12Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда  8 09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  1 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  0 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  11 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  3 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  1 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  1 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  2 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  1 00:17Шешко Каррингтонда  1 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  14 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  8 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  8

Son Xyon Min: "Janubiy Koreya qahramoni bo'lishni istayman" Yangiliklar

Son Xyon Min: "Janubiy Koreya qahramoni bo'lishni istayman"

Teglar :  Son Xyon Min
Janubiy Koreya terma jamoasi etakchisi, Angliyaning “Tottenxem” klubi futbolchisi Son Xyon Min Eron va O'zbekiston terma jamoalariga qarshi JCH–2018 saralash o'yinlari oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berdi.

“Eron terma jamoasi saralash bosqichida kuchli o'ynadi, ammo bo'lajak bellashuv biz uchun juda muhim. O'z uyimizda so'nggi uchrashuvni o'tkazamiz va JCHga chiqish uchun yordam beruvchi 3 ochkoga ega bo'lish uchun harakat qilamiz. Raqiblarni hurmat qilamiz, ammo faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. o'yin oson kechmasligi aniq, chunki Eron saralashning so'nggi bosqichida biror marta ham gol o'tkazmadi”, – dedi Son Xyon Min.

2010 yili 18 yoshida Janubiy Koreya termasida debyutini o'tkazgan yarim himoyachi mamlakat qahramoni bo'lishni istayotganini malum qildi.

“Atigi ikkita o'yin qoldi va har ikkisida imkoni boricha maksimal ochko olishimiz lozim. Men Janubiy Koreya qahramoni bo'lmoqchiman, bu mening orzuim. Suriya va Xitoyga qarshi safar o'yinlarida maydonga tusha olmagandim. Nima uchundir biz safarda o'z uyimizdagi kabi o'yinlarni namoyish eta olmaymiz, o'zimizga bo'lgan ishonch yo'qoladi va bu muammodir. Lekin men futbol o'ynaganimda jamoadoshlarimga yordam bera oladigan, o'yinni o'zgartira oladigan – Janubiy Koreya qahramoni bo'lmoqchiman. Kelajak sari katta qadam tashlay olishimizga umid qilaman”, – deya fikrini yakunladi koreyalik futbolchi.


Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика