So’nggi yangiliklar

01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  29 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  8 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  4 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  102 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  19 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  4 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6

Son Xyon Min bilan suhbat: "Xafa" Janubiy Koreya O'zbekistonni mag'lub etmoqchi Yangiliklar

Son Xyon Min bilan suhbat: "Xafa" Janubiy Koreya O'zbekistonni mag'lub etmoqchi

OFK rasmiy sayti Janubiy Koreya - Eron (0:0) uchrashuvidan keyin Son Xyon Min bilan suhbatni chop etdi.

Son Xyon Min Koreya Respublikasi futbolchilari payshanba kuni bo'lib o'tgan o'yindan so'ng tushkunlikka tushib qolganlarini tan oldi. Eron Islom Respublikasi bilan birga saralashning "A" guruhidan Rossiyada bo'lib o'tadigan JCH-2018ga yo'llanma olish uchun "Tegu jangchilari" kecha O'zbekistonga tashrif buyurishdi.

SHarqiy Osiyoliklar engilmas Eron bilan o'yinda nursiz durangga rozi bo'lishdi. O'zbekiston Xitoyga 0:1 hisobida mag'lub bo'lganidan keyin SHin Te Yunning jamoasi yana ikki ochko ko'proq jamg'arganda, O'zbekiston va Suriya termalarining JCH haqidagi umidlarini puchga chiqarar edi.



"Biz bor kuchimiz bilan harakat qildik. Bazida g'alaba siz tomonda bo'lsa, bazan esa u sizdan yuz o'giradi. Ammo, eng asosiysi biz harakat qildik", - deydi Son.

"60000 muxlis ajoyib atmosferani yaratib berdi, ammo natija bizni biroz tushkunlikka tushirib qo'ydi. SHu sababdan ham endi biz O'zbekiston ustidan g'alaba qozonishimiz shart".

Etiborlisi shundaki, Janubiy Koreya terma jamoasi Eron bilan o'yingacha uyda o'tkazgan 4 o'yinning barchasida g'alaba qozonib, muxlislari ko'z o'ngida 100 foizlik natija bilan etib kelgan edi.

Ammo, Eron bungacha 8 uchrashuvda mag'lub bo'lmagandi va jamoa himoyadan o'ynashga qaror qildi. Bu to'siqni "yorib" o'tish zarur edi. "Seoul World Cup Stadium" xuddi koreyslarga ustunlik beradigandek edi.

Said Izzatullohi qizil kartochka olib maydonni erta tark etgandan so'ng, mezbonlar ustunlikka ega bo'lishi uchun qulay imkoniyat edi. Ammo, amalda biroz boshqacharoq bo'ldi. Natijada, kamchilikni tashkil qilgan mehmonlar himoyaga yanada ko'proq etibor qaratishdi va durrangni saqlab qolishdi.

"Eron doimgidek yaxshi himoyalandi. Keyin esa qarshi hujumlarda xavfli harakat qilishga urundi. SHuning uchun raqib darvozasi oldida vaziyat yaratish qiyin bo'ldi. Bu futbol va bazan shunday o'yinlar bo'lib turadi", - deb qo'shimcha qildi Son.

O'zbekiston Xitoyga 0:1 hisobida mag'lub bo'lishi jamoaning JCHga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma beruvchi ikkinchi o'rinni egallash imkoniyatlarini pasaytirib yubordi. Xitoydagi o'yin xabari Koreya Respublikasi uchun yomon yangilik emas edi.

Ammo, Suriyaning g'alabasi vaziyatni yanada chigallashtirib yubordi. Endi Son va jamoadoshlari o'zlari uchun ketma-ket to'qqizinchi JCH yo'llanmasiga ega chiqishlari uchun Toshkentda g'alaba qozonishga majburlar.

"O'zbekiston mag'lub bo'lgani yoki yutganining bizga ahamiyati yo'q. O'yinga yaxshilab tayyorgarlik ko'ramiz. Imkoniyatlarimizni 100% ishga solishimiz shart. Biz bir-birimizni tushunib, bir xil fikrlab harakat qilishimiz zarur. Biz u erda ochko yo'qotishni xohlamaymiz, durangga ham rozi emasmiz. Biz u erga 3 ochko uchun ketyapmiz", - dedi Son.


Nozima Zaripova tayyorladi


Reyting: -61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика