So’nggi yangiliklar

15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  0 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  4 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  2 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  3 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  3

Son oshib sifati tushib ketgan musobaqa haqida Yangiliklar

Son oshib sifati tushib ketgan musobaqa haqida

Teglar :  U-19 chempionati
O'zPFL o'tkazayotgan musobaqalardan bugungi kunda asosiy etibor Superliga bo'lib qoldi. Buni men aytmasam ham bilib bo'ldingiz.

Pro liga va Birinchi ligadagi ahvol haqida avvalgi maqolada elon qilgan edik. Endi hali to'g'ri yo'lga tushib olmagan U-19 chempionati haqida gaplashsak. 

U-19 chempionati kim uchun?

U-19 jamoasi aslida tizimli ravishda U-21, asosiy tarkibga futbolchi etkazib beradigan baza bo'lib xizmat qilishi kerak. Bu jamoalarning ertasi uchun muhim omil hisoblanadi. Klub istalgan paytda o'zini ko'rsatgan futbolchini asosiy tarkibga jalb qilish imkoniga ega bo'ladi. Lekin bu musobaqa 5-6ta jamoadan tashqari hech kimga kerakmas. SHunchaki reglamentdagi majburiyat uchun ochib qo'yilgan jamoa bo'lib qolgan. Ikkinchidan bu chempionat orqali O'zbekiston U-21 terma jamoasiga nomzod futbolchilar etishib chiqishi kerak edi. Lekin amalda bu U-19 chempionatidan terma jamoaga hech kim chaqirilmadi. Asosiy jamoa bosh murabbiylari, selekcionerlar o'yinlarni katta qiziqish bilan kuzatadi, deyish ham qiyin. 

O'yinlar vaqti 

Mavsum boshida shunday paytlar bo'ldiki, jamoalar poezddan tushib maydonga chiqib kelishdi. Misol keltiraman. 

3-tur 

16:00, 27.04 "Neftchi" – "Buxoro" 6:1

15-tur   

11:00, 29.04. "Qo'qon-1912" – "Buxoro" 3:1

Xuddi shunday holat "Aral" U-19 bilan. 

1-tur 

16:00, 12.04 "Navbahor" – "Aral" 6:0

3-tur 

11:00, 14.04  "Navbahor Farm" – "Orol" 9:0

"Navbahor" bilan o'yin 12.04 16:00da boshlanib, 18:00da tugagan bo'lsa, "Navbahor Farmga" qarshi bahs 14.04 11:00da boshlangan. Yani 41 soatdan keyin.

U-19 chempionatining 8-turida "Aral" - "Olimpik" uchrashuvi tong 8:30da boshlangandi. Tushunyapsizmi? Eng qizig'i, “Aralning raqibi “Olimpik” soat 7:00da poezdda Nukusga etib kelgan. Bu mavsum boshidagi holat. 

Son ko'paydi. Lekin sifatchi?

Bugungi kunda mazkur chempionatda 25ta jamoa qatnashyapti. Avvalgi yildan farqli ravishda bu yil 11taga ko'paydi. CHempionatda jamoalar soni ko'paygani yaxshi. To'g'ri, bunga qarshi emasman. Lekin buni to'g'ri tizimga solmas ekanmiz, jamoalar sonini 30taga etkazganda ham sifat ololmaymiz. Avval ham aytganman, bu narsa ko'pchilik hamkasblarimiz tomonidan yangramoqda. CHempionatni ikki hududga ajratgan holda o'tkazish tizimiga o'tish vaqti etib kelgan. Jamoalar sonini juft ko'rinishga keltirgan holda ikki mintaqada 13tadan jamoa ishtirokida tashkil qilish mumkin. "Aral" uchun "Andijon"ga borib kelish ikki karra xarajat va muammo. Endi qoldirilgan o'yinlarga qaraydigan bo'lsak, 24-turda "Buxoro" Namanganga, "Aral" Toshkentga kelmaslikni lozim topdi. 20-turda "Andijon-SGS" G'uzorga bormagan. 8 oktyabr kuni qoldirilgan 8-tur uchrashuvida "Turon" Termizga tashrif buyurmadi. Xuddi Birinchi ligadagi singari qoldirilayotgan o'yinlar orasidagi masofalar juda uzoqligi bosh sababchi bo'lyapti. Uzoq masofani bosib o'tib, yuklama bilan maydonga chiqish orqali o'yinlar sifatiga putur etkazib qo'ymoqdamiz, xolos.

Qoldirilgan o'yinlar

U-19 chempionati. 24-tur 

"Lokomotiv U-19" - "Aral U-19" 3:0 (texnik g'alaba)

"Navbahor U-19" - "Buxoro U-19" 3:0 (texnik g'alaba)

20-tur

"SHo'rtan U-19" -  "Andijon-SGS U-19" 3:0 (texnik g'alaba)

9-tur

"Surxon U-19" - "Turon U-19" 3:0 (texnik g'alaba)

U-19 chempionati klublarning kelajagi uchun deyapmiz-ku, lekin musobaqani to'g'ri tizimga sololmayapmiz. Keyingi mavsumda bu masalani obdon va qaytadan o'ylab chiqish kerak, deb o'ylayman. Bo'lmasa, jamoalarni shunchaki qiynalgani qoladi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика