Son, Kimmix va Sane "Barselona"da paydo bo'lishi mumkin
06 jan 2025 11:19
Yangiliklar
Son, Kimmix va Sane "Barselona"da paydo bo'lishi mumkin
"Barselona" rahbariyati erkin agentlarga etibor qaratmoqda.
"El Nacional"ga malum bo'lishicha, kataloniyaliklar "Bayer" himoyachisi Jonatan Tani erkin agent sifatida qo'lga kiritgach, yozda jamoalari bilan shartnomasi tugaydigan futbolchilar bozorida yanada faol bo'lishni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko'ra, "Barselona"ning short-listidan hozirda Son Xyon Min ("Tottenxem"), Joshua Kimmix va Leroy Sane (ikkalasi – "Bavariya") o'rin olgan.
Xans-Diter Flik shogirdlari 19 turdan keyin 38 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
"Barselona" 8 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletik"ka qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar