"So'g'diyona"ning ikki legioneri uchun mavsum yakunlandi
24 noy 2023 14:31
Yangiliklar
"So'g'diyona"ning ikki legioneri uchun mavsum yakunlandi
Kecha Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Superliganing 25-turida "Nasaf" mehmoni bo'lib, 0:0 hisobida durang o'ynadi.
Ushbu bahsda "So'g'diyona" posboni Milan Mitrovich va himoyachi Tarik Isich mavsumdagi o'zlarining 4-sariq kartochkalarini olishdi. SHu bois, har ikkala legioner 1 dekabr kungi "Surxon"ga qarshi o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Malumot uchun, Mitrovich 2023 yilda "So'g'diyona" safida barcha musobaqalarda jami 22 ta o'yinda maydonga tushdi va 31 ta gol o'tkazib yubordi. Tarik Isich esa yakunlanayotgan yilda barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar