So’nggi yangiliklar

15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  3 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  3 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0 13:59Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари туфайли Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда  2 13:30Суперлига. 20-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Хоразм" ва "Сурхон"да йўқотишлар мавжуд  4 13:12Дуглас Луис АПЛга қайтмоқда  0 12:43Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум  2 12:32АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди  1 12:04"Замонавий дарвозабон фақат сейв эмас, жамоа ўйини қуриш ва оёқда ўйнашни ҳам билиши керак" - Денис Иванков билан интервью   3 11:41Паулу Бенту Ўзбекистон терма жамоасида, "Қайрат" тарихий натижага жуда яқин, Кападзе олдидаги катта муаммолар - 20 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   7 11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  6 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  17 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2

"So'g'diyona": Taqdimot marosimi o'tkazildi Yangiliklar

"So'g'diyona": Taqdimot marosimi o'tkazildi

Tadbir jamoa qarorgohida bo'lib o'tdi.
Tadbirning dastlabki qismida Jizzax viloyati futbol federaciyasi vice-prezidenti Ergash O'rinov so'z olib, barchani milliy chempionatimizning boshlanayotganligi bilan tabrikladi va omad tiladi. Jamoa bosh murabbiyi Davron Fayziev qishki yig'inlar va jamoa oldiga qo'yilgan vazifalar haqida qisqacha to'xtalib o'tdi. SHundan so'ng jamoaga taklif etilgan futbolchilar tanishtirilib, ularga mavsumda harakat qiladigan raqamlari tushirilgan liboslar taqdim etildi. Jamoaning asosiy darvozaboni Mixail Naumov (“Nasaf” jamoasidan taklif etilgan) - 1, ikkinchi darvozabon Mixail Spiridonov – 31 (“NBU-Osiyo”), himoyachilar Akbar Sattaev – 5 (“Navbahor), Saydullo Raxmatov – 22 (“Neftchi”), yarimhimochilar Elyor Jahonov – 13 (“Navbahor”), Muzaffar Muzaffarov – 17 (“Neftchi”), Sanjar Rihsiboev – 28 (“Bunyodkor”), Muqim Toshmatov – 40 (“SHo'rtan”), Azatov Al-Salamu – 37, hujumchi Anvar Rajabov – 9 (“Buxoro”) raqamlarda to'p surishadigan bo'ldi.

Tadbirning ikkinchi qismida E.O'rinov va D.Fayzievlar OAV vakillari tomonidan berilgan savollarga javoblar berishdi. Savol-javoblar davomida asosan “So'g'diyona”ning oldingi mavqeini tiklash, jamoa akademiyasini ochish va uni to'g'ri yo'lga qo'yish, moliyaviy ahvol, yangi stadion, ushbu masumda jamoa oldiga qo'yilgan vazifalar haqida ko'proq muhokamalar bo'ldi.

Quyida ushbu tadbirdagi fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика