So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  2 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

“So'g'diyona” futbolchisi ikki uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi Yangiliklar

“So'g'diyona” futbolchisi ikki uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi

Teglar :  So'g'diyona-W
Futbol bo'yicha ayollar jamoalari o'rtasida o'tkazilayotgan mamlakat chempionati Superliga 14-turi doirasidagi “So'g'diyona-W” – “SHo'rtan-Lady” uchrashuvi 70-daqiqasida “So'g'diyona-W” futbolchisi Nasiba Xojieva qizil kartochka olib maydondan chetlatilgan edi.

Biroq 15-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan “SHo'rtan-Lady” – “So'g'diyona-W” uchrashuvida Nasiba Xojieva bundan avvalgi turda qizil kartochka olgani uchun Musobaqalar reglamentida belgilangan jazoni o'tamay turib, maydonga tushgan.

Mazkur holatni yuzasidan Tartib-intizom qo'mitasi qaror chiqardi. Unga ko'ra, Musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 3-bo'lim 5.4 bandi qo'pol ravishda buzganligi uchun “So'g'diyona-W” jamoasi futbolchisi Nasiba Xojieva ayollar chempionatning navbatdagi ikkita (16 va17-turlar) turidan chetlashtirildi.

Uchrashuv komissari hamda nazoratchisi ushbu holatni jiddiy nazorat ostiga olmay, diskvalifikaciya qilingan futbolchini muddati yakunlamay turib, rasmiy uchrashuv qaydnomasiga kiritilishiga yo'l qo'yib berganligi uchun ayollar chempionatining 17 va 18-tur uchrashuvlaridan chetlashtirildi.

SHuningdek, Musobaqalar reglamentining 3-band 3.12 qismiga ko'ra, “SHo'rtan-Lady” – “So'g'diyona-W” uchrashuvida qayd etilgan 3:4 hisobi va kiritilgan gollar bekor qilinib, “SHo'rtan-Lady” jamoasiga texnik g'alaba (+:-), “So'g'diyona-W” jamoasiga texnik mag'lubiyat (-:+) yozildi. Uchrashuv davomida futbolchilarga ko'rsatilgan ogohlantirish va chetlatishlar o'z kuchida qoldiriladi.

Reyting: -27   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика