So’nggi yangiliklar

10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  0 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  1 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  12 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  8 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  5 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0

"So'g'diyona" futbol maktabi, bunyod etilayotgan akademiya va Jizzax OZKga tashrifdan GALEREYA Yangiliklar

"So'g'diyona" futbol maktabi, bunyod etilayotgan akademiya va Jizzax OZKga tashrifdan GALEREYA

O'zbek futbolining 110 yilligini keng qamrovli nishonlash maqsadida Jizzaxda o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan tadbir doirasida bugun "So'g'diyona" bolalar futbol maktabi, yangi qurilayotgan futbol akademiyasi hamda Jizzax Olimpiya zaxiralari kollejiga tashrif buyurdik.

Dastlab "So'g'diyona" futbol maktabida tahsil olayotgan jajji yigit-qizlarning mashg'ulot jarayoni bilan tanishdik.

Safarimizning davomi yangidan bunyod etilayotgan bolalar futbol akademiyasi bo'ldi. Bizga malumot berishicha, qurilishga jami 136.3 mlrd so'm mablag' ajratilgan. Ushbu akademiya noyabr oyida foydalanishga topshirishga mo'ljallanmoqda. Akademiyada 120 o'ringa mo'ljallangan yotoqxona va oshxona ham quriladi. Ushbu dargohda 11 murabbiy mashg'ulotlar olib borishi ko'zda tutilgan. Mazkur futbol maskaniga 12, 13, 14 va 15 yoshdan iborat bolalar to'rt guruhga qabul qilinadi.

SHuningdek, Jizzax Olimpiya zaxiralari kollejiga ham qadam ranjida qildik. Kollejda 750 o'rinli o'quv bino, 200 o'rinli "O'quvchilar turar joyi", 102x72 xajmdagi yopiq sport maneji, 21x50 xajmli ochiq suv xavzalari mavjud. Jizzax Olimpiya zaxiralari kollejida 18 ta sport yo'nalishlar bo'yicha o'quvchilar tahsil oladi. Kollejda 115 nafar o'qituvchi murabbiylar o'quvchilarga talim tarbiya berib kelmoqda.

Foto: Jahongir Fayzullaev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика