So’nggi yangiliklar

14:14Иккинчи таймда порлаган Салоҳ  0 13:39ФИФА Жаҳон чемпионати бўйича қарор қабул қилди  1 13:08"Биз ҳеч кимдан қўрқмаймиз": Кейн "Бавария"нинг "Реал"га қарши ўйинлари ҳақида  13 12:40Павич "Бавария" тарихида ЕЧЛдаги энг ёш ўйинчига айланди  1 12:03Кэррик "Манчестер Юнайтед" футболчисини йил ўйинчиси совринига лойиқ деб билади  4 11:21Беллингем қачон майдонга қайтади?  3 10:54"Реал" МЮнинг трансфер мақсадини "илиб кетмоқчи"  2 10:21"Манчестер Сити" ва "Челси" товон пули 500 миллион евролик футболчига қизиқиш билдирмоқда  2 09:52"Ливерпуль" ёзда олти ўйинчи билан хайрлашиши мумкин  3 09:20Европа лигаси чорак финал жуфтликлари маълум  0 08:50Суперлига. Бугун 4-тур якунланади  15 08:12ФИФА Исроилга нисбатан санкциялар жорий қилди  15 07:38Ўсмирларимиз иккинчи учрашувда жанговар дуранг ўйнашди  0 01:32Европа лигаси. "Ноттингем Форест" аранг вазифани бажарди ва бошқа натижалар  3 00:57АПЛнинг уч клуби ва саудияликлар тўпурар ҳужумчи учун курашмоқда  0

"Sofinikiga etib borish uchun klubdan gollarim evaziga avtobusga pul berishini so'rardim" Yangiliklar

"Sofinikiga etib borish uchun klubdan gollarim evaziga avtobusga pul berishini so'rardim"

Teglar :  Luis Suares
Luis Suares sakkiz yoshida Urugvay chegarasidagi shaharchadan poytaxt - Montevideoga ko'chib o'tadi.

U erda bolalar Suaresning ustidan boshqa shahardan ekanligini aytib uzoq vaqt kulishgan. Ikki yil o'tib kutilmaganda uning ota-onasi ajrashib ketishdi. Ularning bolalari muammolardan qutilish uchun ko'chaga chiqib ketishadi. Luis janubiy amerikalik o'smir hayotini boshidan o'tkazdi. Ammo Suares "Nasonal" akademiyasida o'qigan. U kun bo'yi to'p tepardi, juda band bo'lgani tufayli xatto onasi bilan ham so'zlashishga vaqt topa olmas edi. Hech qanday maqsadsiz yashab yurgan.


Bir kuni Luis Sofiyani uchratdi va hammasi o'zgarib ketdi. Tashqaridan ular bir-biriga mos emasdek ko'rinardi. U qiz Suaresdan ikki yosh kichik edi, oilasi ham o'ziga to'q bo'lgan. Yigitcha esa shahardagi barcha xavfli joylarni yoddan biladigan va ikki marotaba sinfda qolib ketgan bekorchi bo'lgan. Ularning birinchi uchrashuvida Sofiya Suaresni kutib, yomg'irda ivib ketgan, chunki Luis savdo markazidagi o'yin avtomati oldida qolib ketgan. Bu juft qizning uyiga borganida, Luis hech qanday gap-so'zsiz muzlatgichdagi ovqatlarga tashlanadi, qiz esa ota-onasi oldida rosa uyalgan. Kattalarga qizlarining g'alati do'sti yoqib qolgan. Balki ular yigitchadagi Sofiga bo'lgan haqiqiy muhabbatni sezgan bo'lsa kerak.

Suares avvaliga qiznikiga etib borish uchun klubdan urgan gollari evaziga pul so'ragan. Keyin jinoyatchilar davrasini tark etdi va bor etiborini futbolga qaratdi. Sofiya uni bilim olishga jiddiy qarashga majbur qildi, har bir uy vazifalarini ko'rib berar edi. Keyinroq qizning oilasi Barselonaga ko'chib o'tishga qaror qildi. Sofiya ketadigan kun Luis yig'lagan va bu ularning so'nggi uchrashuvi bo'lishi mumkinligidan qo'rqqan. Bir oydan so'ng u o'z agentidan pul olib, qiznikiga mehmonga boradi. "Sayoxat cho'zilib ketmadi, ammo men nihoyat hayotda nima xohlashimni tushundim. Sofi bilan birga bo'lish uchun Evropada o'ynashni istardim" - deydi Suares. 2014 yilda Suares "Barselona"ga o'tadi, bunagacha ushbu juftlik 2 farzadli bo'ladi.


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика