Smolling "Roma"da qoladimi?
09 fev 2023 17:13
Yangiliklar
Smolling "Roma"da qoladimi?
Italiyaning "Roma" klubi jamoa futbolchisi Kris Smollingga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Bu haqda klub sport direktori Tiagu Pintu malum qildi. Unga ko'ra, markaziy himoyachi Rim klubi tomonidan taklif qilinishi rejalashtirilayotgan shartnoma uzayishini qadul qilsa, yana bir qancha vaqt Italiya klubida qolishi mumkin.
33 yoshli Smolling yozda erkin agentga aylanadi. Angliyalik futbolchi joriy mavsumda jami 28 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
"Smolling may oyiga qadar bundan keyin nima qilishi borasida qaror chiqarish imkoniyatiga ega. Biz Kris bilan bir xil fikrdamiz va barchasi biz yana birga davom etishimiz uchun", – dedi Pintu.
"Fulxem" sobiq himoyachisi 2020 yil oktyabr oyida doimiy asosda Rim klubi azosiga aylangan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar