So’nggi yangiliklar

23:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" (матнли трансляция)  18 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  7 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  14 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  6 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  61 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0

Slavyanlar to'qnashuvi: etakchilarsiz Rossiya Matichsiz qolgan Serbiyaga qarshi Yangiliklar

Slavyanlar to'qnashuvi: etakchilarsiz Rossiya Matichsiz qolgan Serbiyaga qarshi

Bir necha soatlardan keyin UEFA Millatlar ligasi turnirining ikkinchi mavsumi start oladi.

Bugungi kunga belgilangan bahslar orasida bir qator etiborga moliklari bor. Demak, diqqatingizni "B" liganing 3-kvartetiga qarating. Mazkur guruhdan 4 jamoa o'rin egallagan: Rossiya, Vengriya, Turkiya va Serbiya.

Bugun 1-tur doirasida serblar Moskvada mehmon bo'lishsa, Turkiya Sivasda vengerlarni qabul qiladi. Har ikkala o'yin Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanishi rejalashtirilgan. 

Hozir Moskvadagi o'yin haqida qisaqacha malumot beramiz.

Russia

Artem Dzyuba - 48', Vyacheslav Karavaev - 69', Artem Dzyuba - 81'

UEFA Nations League B Grp. 3 . 1-tur

04/09/2020, 00:45

1
:
3
Tugadi

Serbia

Aleksandar Mitrovic - 78'

Stadion: VTB Arena, 0 tomoshabin

Bosh hakam: William Collum

45'
90'
48'  Artem Dzyuba
67'  Zelimkhan Bakaev (Anton Miranchuk)
69'  Vyacheslav Karavaev
69'  Roman Zobnin
77'  Andrey Semenov (Roman Neustaedter)
80'  Yuri Zhirkov (Daler Kuzyaev)
81'  Artem Dzyuba
46'  Strahinja Pavlovic
58'  Nikola Maksimovic
65'  Strahinja Pavlovic (Aleksandar Kolarov)
65'  Sergej Milinkovic-Savic (Filip Djuricic)
78'  Aleksandar Mitrovic
78'  Darko Lazovic
85'  Nemanja Maksimovic (Adem Ljajic)

Rossiya

Ruslar ikkinchi bor "A" ligaga ko'tarilish uchun urinib ko'rishadi. 2018-19 yilgi musobaqada bunga bir qadam qolgan, ammo to'plar nisbatidagi ustunlik shvedlarni yuqori ligaga olib chiqqan edi. SHundan beri Rossiya terma jamoasi faqat Evropa chempionati saralashida ishtirok etdi va 10 uchrashuvda 8 g'alaba bilan musobaqaning final bosqichiga yo'llanmay oldi. Saralashdagi har ikki mag'lubiya Belgiya terma jamoasidan qabul qilib olingan edi.

Ruslar rasmiy uchrashuvda so'nggi bor o'tgan yilning noyabr oyi o'rtalarida ishtirok etishgan (San-Marino, 5:0). Pandemiya tufayli joriy yilda  terma jamoalar deyarli o'yin o'tkazishmadi. Ammo bugun ular katta sahnaga chiqishadi. 

CHerchesov jamoasida yo'qotishlar talaygina, odatda u ishonch bildiradigan qator futbolchilar Serbiyaga qarshi o'ynay olmaydi: Aleksandr Golovin jarohatlandi, Denis CHeryshev tiklanishga ulgurmagan, maydon markazida Dmitriy Barinov va Ilzat Axmetov bo'lmaydi, Daler Kuzyaev esa hamon klubsiz. Golovinning o'rnini Miranchuklarning kattasi bildirmasligi mumkin edi, biroq u ham safda emas. Joriy yoz har 3-4 kunda o'ynagan Dzyubaning "quvvati tugab qolgan". 

SHuningdek, bugun "Arsenal" (Tula) futbolchisi Evgeniy Lucenko va "Zenit" vakili Andrey Mostovoy terma safida debyut qilishi mumkin.

Serbiya

Millatlar ligasining o'tgan mavsumida ishonch bilan ishtirok etgan serblar "B" ligaga yo'llanmani qo'lga kiritishgan edi. Ayni paytda bu jamoani 67 yoshli Lyubisha Tumbakovich boshqarmoqda. Mazkur murabbiy Evropa chempionati yo'llanmasi Ukraina va Portugaliyaga boy berilgach, jamoa boshqaruviga kelgan edi. Uning qo'l ostida bir qator yulduzlar bor: himoyada Kolarov va Maksimovich, yarim himoya – Tadich, Lyaich va Milinkovich-Savich, hujumda esa Mitrovich va Yovich.

Xabaringiz bor, "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich 28 avgust kuni to'satdan terma jamoadan ketganini elon qildi. Ayni paytda jamoa etakchisi vazifasini Dushan Tadich hamda Sergey Milikovich savich bajarsa kerak.

Malumot uchun mazkur jamoalar bugunga qadar 4 bor o'rtoqlik o'yinlarida to'qnash kelishgan: 2 durang, ruslarning 2 g'alabasi. Bugungi uchrashuv Rossiya va Serbiya terma jamoalari o'rtasidagi ilk rasmiy bahs hisoblanadi. Qizg'in va murosasiz kurashlarga boy bo'lishi kutilayotgan o'yinni o'tkazib yubormang.

SHuningdek, bugun yana 9 ta uchrashuv o'tkaziladi:

23:45. Turkiya - Vengriya

21:00. Latviya - Andorra

23:45. Germaniya - Ispaniya

23:45. Ukraina - SHveycariya

23:45. Bolgariya - Irlandiya

23:45. Finlyandiya - Uels

23:45. Moldova - Kosovo

23:45. Sloveniya - Greciya

23:45. Farer – Malta

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика