So’nggi yangiliklar

09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  0 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  0 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  3 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  12 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  13 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  5 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  15 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4

Slavche Voyneski: "Keyingi safar Azamovga aytaman, u ham borib kimnidir tepadi, pulini to'laydi va diskvalifikaciya qilinmaydi" Yangiliklar

Slavche Voyneski: "Keyingi safar Azamovga aytaman, u ham borib kimnidir tepadi, pulini to'laydi va diskvalifikaciya qilinmaydi"

Superliga 7-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Paxtakor" (0:0) o'yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Slavche Voyneski matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Juda yaxshi o'yin bo'ldi. Agar final o'yinida maydonga tushsak, raqib sifatida "Nasaf"ni tanlagan bo'lardim. Kecha o'yin oldidan yigitlarga shuni aytgandim. CHunki bu jamoa har doim futbol o'ynaydi.

Bugun ikki jamoa ham hujumkor harakat qildi. Bu Superliga o'sishiga xizmat qiladi. Hakamlik ham yaxshi bo'ldi.

O'yin haqida gapirsak, uni ikki qismga bo'lish mumkin. Birinchi qismda yaxshi harakat qildik, o'yin suratini va borishini nazorat qildik. Vaziyatlar yaratdik, ammo foydalana olmadik. Ikkinchi taym boshida, ayniqsa, dastlabki 20 daqiqasida katta qiyinchilikka duch keldik. Oxirgi daqiqalarda yana o'zimizga kelib oldik. Hujumlarga o'tdik, 1-2 ta vaziyat hosil qildik. Bu kabi derbilarda vaiyatlardan foydalanish kerak. Endi buni ustida astoydil ishlashimiz lozim.

Ikki jamoa ham 1 oy davomida Saudiya Arabistonida katta kuch yo'qotdi. Qolaversa, yo'l bosish, iqlim sharoiti... Jamoalarda charchoq alomatlari sezilib turibdi. Keyingi o'yinlar oldidan tiklanib olishimiz lozim. 

- "Paxtakor" markaziy himoyachilari to'p kelishi bilan oldinga tepib yuborishyapti. Balki hujumlar o'xshamagani shundandir...

- "Nasaf" amalga oshirgan yuqori pressing himoyachilarni bunga majbur qilgan bo'lishi mumkin. CHunki har qanday holatda vaziyatdan kelib chiqib ish tutish lozim. O'sha vaziyatlardan chiqib ketish ham ularning darajasini belgilab beradi.

- Natijadan qoniqdingizmi?

- "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida durangdan hech qachon qoniqmayman. CHunki biz har doim yutish uchun maydonga tushadigan jamoamiz, buni O'zbekistonga ilk kelganimda ham aytganman. Lekin oxirgi paytda biz duch kelayotgan sharoitlar, yani har 3-4 kunda o'yin o'tkazayotganimizni inobatga olsak, bu taraflama bugungi 1 ochkodan qoniqdim.

- Arveladze boshqa jamoalardan yaxshi o'yinchilarni yig'ib olib, boshqa jamoalarni kuchsizlantirib qo'yardi. Sizning rejangiz qanday?

- Yaxshi savol. Lekin agar menga ham yaxshi byudjet ajratsangiz, o'ylab ko'rishim mumkin (kuladi). 

- Mahalliy futbolchilar haqida fikringiz qanaqa?

- Klub rahbari bilan birinchi uchrashuvimizdayoq akademiya futbolchilariga etibor qaratish bo'yicha qaror qabul qilganmiz. Har 2 yilda 2 tadan futbolchini asosiy tarkibga qo'shib borishga harakat qilamiz. Nafaqat "Paxtakor", balki O'zbekiston bo'yicha yoshlarni etishtirishga urinamiz, bu rejamizdan o'rin olgan. Yaqinda Saudiya Arabistoniga borgan tarkibdagi 14 nafar bola "Paxtakor" tarbiyalanuvchilari edi.

- SHerzod Azamov 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi. Bahslashsa bo'ladigan vaziyat. Bu borada nima deysiz? Keyingi savol: Dragan CHeran kutilganidan ham tezroq safga qaytishi mumkinmi?

- Ular top-darajadagi o'yinchilar. SHerzod Azamov va Dragan CHeranning o'rni doim bilinadi. Azamov hakamga nima deganini bilmayman. Avval sariq kartochka berdi, keyin birdan chetlatdi. Men bu holatni boshqa vaziyat bilan qiyoslayman. "Navbahor" bilan o'yinimizdan keyin jarohatlangan futbolchimizni ko'tarib ketayotgan muxlisimizga hujum qildi va bu jarihatlangan futbolchimiz uchun ham xavfli edi. Qolaversa, yordamchi murabbiylarimizdan biriga ham hujum qilgan. 

O'zingiz solishtirishingiz mumkin, Bir holatda futbolchi tepyapti, katta janjal uyushtiryapti. Ikkinchisida futbolchi hakam bilan gaplashgani uchun 3 ta o'yinga chetlatilyapti, darvozabon faqat jarima to'layapti. Balki men ham keyingi safar Azamovga aytaman, u ham borib kimnidir tepadi, pulini to'laydi va diskvalifikaciya qilinmaydi. Bu xuddi pulini to'lab, xohlagan insonni urishga o'xshab qoldi. Bu mening fikrim emas, Tartib-intizom qo'mitasi chiqargan qaror bizni shunday o'ylashga majbur qilyapti.

CHeran mashg'ulotlarga kirishgan. O'ylashimcha, keyingi 1-2 kunda jamoaga qo'shiladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика