So’nggi yangiliklar

21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  4 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  4 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  3 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  13 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  3 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  4 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  17 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  7 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  7 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2

Slavche Voyneski: “Bugungi o'yinimizni yaxshi ham, yomon ham deb bo'lmaydi” Yangiliklar

Slavche Voyneski: “Bugungi o'yinimizni yaxshi ham, yomon ham deb bo'lmaydi”

Superliganing uchinchi turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Olimpik” (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Slavche Voyneski fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

- Biz uchun qandaydir tushunarsiz o'yin bo'ldi. Dastlabki 10 daqiqalikda yomon to'p tepdik. O'yinga kirishishimiz yaxshi kechmadi. Buning natijasida “Olimpik” gol urib ketdi. 15 daqiqada bir kishi kam bo'lib qolganimizdan so'ng o'yinimiz yaxshi tomonga o'zgardi. Futbolchilar xarakter ko'rsata olishdi. Umumiy xulosa qiladigan bo'lsam, “Olimpik” safida xaraktchan yosh futbolchilar bor. Bugungi o'yinimizni yaxshi ham, yomon ham deb bo'lmaydi.

- “Paxtakor”ning himoya chizig'idagi muammolar nima bilan bog'liq? Balki himoyachilarning jismoniy holati yaxshi emasdir...

- Zamonaviy futbolda butun jamoa himoyalanishi va hujumga o'tishi kerak. “Olimpik”ning bosim qilishini bilar edik. Himoyadagi ijrochilarimiz zo'r o'ynamagan bo'lishi mumkin. Biz bunga jamoaviy qarashimiz kerak. Mashg'ulotlarda shularning ustida ishlaymiz. 

- Bugun markazda “Paxtakor”ning asosiy tarkibida Oliver SHarkich tushdi. Uning asosiy tarkibda tushishi xato qaror edimi?

- SHarkichni olishimiz taktik o'zgarishga bog'liq. Tempga qarab Sobirxo'jaevni tushirdik. CHunki qiyin vaziyatda edik. SHarkich bugun yaxshi o'ynadi. Keyingi uchrashuvlarda yana imkoniyat beramiz.





Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика