So’nggi yangiliklar

17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  9 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  10 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  4 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  2 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  6 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  2 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2

Slavche Voyneski: "Biz ikkinchi bo'limda birlashib, kerakli natijaga erishdik" Yangiliklar

Slavche Voyneski: "Biz ikkinchi bo'limda birlashib, kerakli natijaga erishdik"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Slavche Voyneski fikrlarini bildirib o'tdi.




- O'yin haqida fikrlaringiz

- Biz uchun qiyin o'yin bo'ldi. Havo harorati juda yuqori edi. Bu ayniqsa birinchi bo'limda sezildi. SHu bilan birga? tarkibdagi aksariyat futbolchilar terma jamoalardan kelib qo'shilishgan edi. Bu o'yinga tayyorlanish uchun 2-3 kun vaqt bo'ldi. Buning tasirida birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Biz ikkinchi bo'limda birlashib, kerakli natijaga erishdik. Nima xohlashimizni juda yaxshi bilamiz. Ikkita gol kiritdik. Mezbonlarga ham rahmat aytmoqchiman. Ular bizga deyarli bo'sh hududlar qoldirishmadi.

- Suyunov va Xadjievda diskvalifikaciya bor edi. Oliver SHarkich va Alijonovlarning qaydnomada yo'qligiga sabab nima edi?

- Bu biz uchun yo'qotish edi. Ular asosiy tarkib o'yinchilari. SHarkichda jarohat bor edi. Oliver bu jarohatni "Olimpik"ka qarshi o'yinda orttirib olgandi. Umid qilamanki, SHarkich birinchi davraning so'nggi o'yiniga qadar safga qaytadi. Ammo biz hali ham doktorlar xulosasini kutmoqdamiz. Alijonovda ham jarohat bor. U terma jamoadagi oxirgi o'yindan oldin jarohat oldi. Alijonovning tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. 

- "Qizilqum" haqida nima deya olasiz?

- "Qizilqum" juda yaxshi jamoa ekan. Ular maydonda nima qilish kerakligini yaxshi bilishadi. Birinchi taymda ajoyib pressing amalga oshirishdi. Buni ularning murabbiyiga ham aytdim. Ikkinchi bo'limda esa ularda jismoniy holat bo'yicha kamchiliklar borligi bilinib qoldi. Birinchi bo'lim ikkinchisidan katta farq qildi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика