So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

Slavche Voyneski: "Al Duhail" hujumkor futbol o'ynashga intiladi va bizni keskin o'yin kutmoqda" Yangiliklar

Slavche Voyneski: "Al Duhail" hujumkor futbol o'ynashga intiladi va bizni keskin o'yin kutmoqda"

"Paxtakor" bosh murabbiyi Slavche Voyneski va yarim himoyachi Sardor Rashidov "Al Duhail" bilan o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Voyneski: - Ertaga bizni kuchli jamoaga qarshi keskin o'yin kutib turibdi deb o'ylayman. "Al Duhail" hujumkor futbol o'ynashga intiladigan va himoyada ham yaxshi o'ynaydigan jamoa. Bu bellashuvda kamroq xato qilgan taraf yutib ketadi. Raqib tarkibida individual kuchli futbolchilar ham etarlicha.

Birinchi va ikkinchi o'yinlar o'rtasidagi asosiy farq sharoitlarga yaxshiroq moslashib olganimizda bo'ldi. Bu erga chempionatdagi qiyin bahsdan keyin keldik, uchinchi kuni maydonga tushdik. Va o'shanda ikkinchi bo'limda jismonan toliqqanimiz sezilib qoldi. "Sepaxon" bilan birinchi bo'limda yomon o'ynamagandik. Ikkinchi bellashuvga esa sharoitlarga moslashgan holda tayyorlandik, juda yaxshi o'yin o'tkazdik.

Har 3-4 kunda o'ynash qiyin. Qolaversa, Toshkentdagi muxlislarimiz ham CHempionlar Ligasi bahsini ko'rishlarini istagan bo'lardim. Uyda o'ynaganda muhit baribir boshqacha bo'ladi.




Rashidov: - Bizni guruhdagi eng kuchli jamoaga qarshi qiziqarli o'yin kutmoqda. Ertaga yaxshi futbol ko'rsatish uchun maydonda borimizni beramiz va muxlislarimizga g'alaba tortiq etish uchun maksimal harakat qilamiz. 







Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика