So’nggi yangiliklar

20:59Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" пенальтилар сериясида "Динамо"ни ютиб, Ўзбекистон Кубогининг навбатдаги финалчисига айланди  63 20:47"Бухоро" супергол эвазига Ўзбекистон Кубоги финалига чиқди!  60 20:18"Челси" 56 миллионлик футболчисидан бутунлай воз кечди  1 20:10Суперлига. "Насаф" – "Хоразм" (матнли трансляция)  20 19:45Тимур Кападзе "Манчестер Сити" машғулотларида бўлди  7 19:24Расман: "Навбаҳор"га янги бош мураббий тайинланди  13 19:04Нодир Элибоев: "Биз жамоани ёшартириш йўлини танладик. Бу – фақат Осиё чемпионати эмас, балки кейинги 10 йилдаги истиқболни кўзда тутган стратегик қарор"  2 18:40"Арқадағ" – Туркманистон Суперкубогининг икки карра соҳиби!  8 18:16Эшитдик-да! ЎФА "Олтин тўп" соҳиби билан музокаралар ўтказмоқда  28 17:45"Ливерпуль" етакчиси Роналду ва Мессини солиштирди  7 17:23Ўзбек футболида янги тажриба: "Пахтакор" – "Динамо" баҳсида ҳакам қарори бутун стадион бўйлаб эълон қилинади  9 16:46Александр Хомяков Қосимов, Бердиев, Агамурадов, Арвеладзе қаторидан жой олиши мумкин  1 16:26"Сўғдиёна" учинчи бор финал остонасида  1 16:08Расман: "Навбаҳор" Сергей Лушчанни истеъфога чиқарди  15 16:02Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Венгрия устидан ғалабага эришди  3

Skoulz faoliyatidagi eng qiyin uch raqibni aytdi Yangiliklar

Skoulz faoliyatidagi eng qiyin uch raqibni aytdi

“Manchester Yunayted” afsonasi Pol Skoulz futbolchilik faoliyatida to'qnash kelgan eng qiyin raqib futbolchilari haqida gapirdi.

“Markaziy yarim himoyada o'ynaganimda, uchrashuvga o'zimni tayyorlab chiqishni yaxshi ko'rardim: oldimda vaqt to'xtashini, atrofimda hech kim bo'lmasligini istardim, shunchaki atrofimda bo'sh joy bo'lishi va to'pni xohlagan tomonga oshirish imkoni.

Ammo Robbi Sevij kabi futbolchilarga qarshi o'ynasang, bu ish bermaydi. Uni yopishga harakat qilish juda qiyin edi. Buni unchalik istamasdim, hammasi yaxshi o'tishi va erkin harakat qilishni xohlardim.

SHuningdek, Patrik Vieyraga qarshi o'ynash ham qiyin o'tgan, u juda yirik edi. To'pni o'zimda deb o'ylaysan va keyin u koptokni boshing uzra olib o'tadi. U ham aqlli futbolchi bo'lgan.

Ko'pchilik eslay olmaydigan yana biri bor. Yodimda, “Portsmut”ga qarshi o'ynaganimzda u erda Buba Diop bor edi: zabardast, kuchli. Uni “shkaf” deb atashgan! U bilan bahsga kirishishim uchun jismonan harakat qilishim, bunga ter to'kishim kerak edi. Doimo unga qarshi o'ynash menga noqulaylik tug'dirardi. Albatta, u Vieyra emasdi, ammo uning o'ziga xos istedodi bor edi”, deydi Skoulz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика