So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  10 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  27 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Skolari: "O'zbekistonga faqat pullar uchun bormaganman" Yangiliklar

Skolari: "O'zbekistonga faqat pullar uchun bormaganman"

Rossiyaning sovsport.ru sayti muxbiri Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luiz Felipe Skolari bilan suhbatlashdi.
Quyida uning O'zbekistonga taalluqli joyini taqdim etamiz.


- Braziliyalik futbolchilar Osiyo klubiga o'tishsa demak faoliyatlarini yakunlashayotgan va pul ishlab olish niyatida bo'lishadi. Siz ham O'zbekistonda ishlagansiz. Pul siz uchun ham birinchi o'rinda edimi?

- Yo'q umuman. Pullar – O'zbekistonga borishimning yagona maqsad emasdi. Evropada ham kam topmayotgandim. Top-klublarda doim bosim ostida bo'lasiz, u erda esa biroz engilroq edi va boshqa ishlarni ham qilish imkoni bor edi. Bunyodkorga faqat murabbiy sifatida emas boshqa maqsadda ham chaqirishgandi. Klub rivojlanish bosqichida edi, infrastruktura, yoshlarni tayyorlash va boshqalarda o'z hissamni qo'shishni juda istagandim.

- O'zbekistonda futbolga aloqador bo'lmagan eng yorqin voqealarni aytib bering.

- Avvalo, u erdagi odamlar menga juda yoqqandi – ochiq va juda mehmondo'st. Mamlakatda futbolga etibor juda yuqori. Agar mahalliy hukumat infrastruktura, talim, tibbiyot, telekommunikaciya, transport tizimiga xuddi shunday etiborda bo'laversa O'zbekistonni yuksak kelajak kutmoqda. Ko'plab shaharlarda bo'lganman. To'g'risi jamoa bilan safar o'yinlariga borganimda shahar aylanishga vaqtim doim ham bo'lavermagan. Biroq Samarqandga turist sifatida borganman. Ushbu shaharning go'zalligini ko'rib lol qolganman – xuddi sharqona ertakka tushib qolgandek edim!


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика