So’nggi yangiliklar

23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  18 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  74 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4

"Siti" "Arsenal"ni engib, oldinga o'tib oldi - chorshanba oqshomida ECHL o'yinidan muhimroq bo'lgan bahs Yangiliklar

"Siti" "Arsenal"ni engib, oldinga o'tib oldi - chorshanba oqshomida ECHL o'yinidan muhimroq bo'lgan bahs

Londonliklar anchadan buyon bir o'yinda bunchalik ko'p xatoga yo'l qo'ymagandi.

"Manchester Siti" etakchilarning qoldirilgan chempionlik bahsida "Arsenal"ni safarda (3:1) mag'lub etdi.

Bu uchrashuvni katta ehtimol qo'pol xatolar jamlanmasi sifatida eslab qolamiz.


#1 xato. Tomiyasu oddiy vaziyatda De Bryuynega gol sovg'a qildi

Birinchi bo'limda Takexiro Tomiyasu kutilmaganda Kevin De Bryuynega golli uzatma etkazib berdi va belgiyalik to'pni oldinga chiqib kelayotgan Aaron Remsdeylning ustidan tashlab qo'ydi.

Yaponiyalik uzatmani to'xtatib qoldi va bir qarashda, to'pni to'liq nazoratiga oldi. 


Biroq uzatma darvozabonga emas, raqib futbolchisiga bo'ldi.



"Siti" etakchisi vaziyatga soniyalar ichida baho berdi va birinchi teginishdayoq to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'ydi.



Vaqtida, ideal ravishda va aniq


"Daily Mail" o'yindan avval asosiy tarkib himoya qanotida Ben Uaytni emas, aynan Tomiyasuni ko'rardi. Vaholanki yaponiyalik "Arsenal" APL doirasida oktyabr oyida asosiy tarkibda maydonga tushgandi. Biroq Kubok doirasida "Siti"ga qarshi u 90 daqiqa o'tkazdi. SHu bilan birga Moxamed Salaxni ishonchli qo'riqlay oldi. Bu safar o'xshamadi.

Xatosidan to'rt daqiqa o'tib, "samuray" ijobiy harakati bilan qaydnomaga kirishi mumkin edi. Biroq jarima maydonchasi o'rtasidan, ancha qulay nuqta bo'lishiga qaramay, noaniq zarba berdi. Ikkinchi bo'limda esa u assist qayd etishi mumkin edi – Eddi Nketia uzatmaga deyarli etib borgandi.

Forvard o'yindagi eng ko'p muhokama va munozaralarga sabab bo'lgan epizod ishtirokchisiga aylandi: birinchi bo'lim oxirida Nketia "Siti" kiperi Ederson bilan kontaktidan keyin hakam bahsli penalti belgiladi.

Endigina klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalidan qaytgan Entoni Teylor, zarbadan keyingi kontakt uchun, 11 metrlik nuqtaga ishora qildi.

Bukayo Saka imkoniyatdan unumli foydalandi: Evro finalidagi omadsizlikdan keyin u APLda 4 ta penaltining barchasini golga aylantirdi. Umumiy olganda uning hisobida bu mavsum 8 ta gol va shuncha assist bor.


Ikkinchi taymda "VAR", penaltidagi vaziyatdan farqli ravishda, qarorga aralashdi. "Arsenal" darvozasiga penalti belgilandi – lekin keyin Erling Xolandning ofsaydi tufayli uni bekor qilishdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика