Simone Indzagi kechagi g'alabadan so'ng jamoasiga minnatdorchilik bildirdi
17 sen 2023 10:07
Yangiliklar
Simone Indzagi kechagi g'alabadan so'ng jamoasiga minnatdorchilik bildirdi
Ayni vaqtda Milan jamoasi A Seriyada 4-turdan so'ng 12 ochko to'plagan yagona jamoa hisoblanadi.
“Biz uchrashuvni ajoyib tarzda boshladik va kerakli vaqtda gol ura oldik. Zaxiradan maydonga tushganlar ham o'zlarini yaxshi ko'rsatdilar deb o'ylayman. Men jamoamni ajoyib start bilan tabriklayman. Biz muxlislarga ushbu yoqimli tuyg'ularni berayotganimizdan xursandmiz. Biroq endi “Milan”ga qarshi bahs tarixga aylandi. Biz keyingi o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz lozim.
Biz o'tgan mavsum to'rtta derbida g'alaba qozondik. Biz endigina bir qadam tashladik, bizni hali uzun va qiyin yo'l kutmoqda. O'tgan mavsumlarda biz ikkita sovringa ega chiqdik, shuningdek, ECHL finalida harakat qildik. Buning evaziga jamoamdagi futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonch ancha ortgan. Biz barchasida tayyor ekanligimizni isbotlashimiz lozim”,-deb fikrini yakunladi Simone Indzagi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar