Simeone: "Siti" vaqtni cho'zgani haqida hech narsa deya olmayman"
14 apr 2022 21:20
Yangiliklar
Simeone: "Siti" vaqtni cho'zgani haqida hech narsa deya olmayman"
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone ECHL 1/4 finali javob uchrashuvi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yin (0:0) haqida fikr bildirdi.
"Jamoamiz oxirigacha kurash olib borgani bilan faxrlanishimiz mumkin. Bu bizni xotirjam qiladi, chunki biz durang o'ynamaslik uchun hamma narsa qildik.
"Siti" vaqtni cho'zgani uchun olqishladimmi? Yo'q, men jamoaning say-harakatlarini qadrlagan muxlislarni olqishladim. Qanday qilib bunday odamlarga qarsak chalmasligim mumkin?
"Siti" vaqtni cho'zgani haqida hech narsa deya olmayman. Qoidalarga amal qilishni talab qiladigan hakam bor. Keyingi bosqichga chiqqan raqibni tabriklashimiz kerak, chunki ular bizdan ko'ra bitta ko'p gol urishdi", – dedi argentinalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar