Sillessen: "Barselona"da birinchi raqam bo'lmoqchiman va ketish haqida o'ylayotganim yo'q"
25 may 2017 13:45
Yangiliklar
Sillessen: "Barselona"da birinchi raqam bo'lmoqchiman va ketish haqida o'ylayotganim yo'q"
"Barselona" posboni Yasper Sillessen klubda zaxira futbolchisi bo'lishni istamayapti va asosiy o'rin uchun kurashmoqchi.
"Agar maydonga tushmayotgan bo'lsam, bundan qoniqmayman. "Barselona"ga kelganimda ko'nikish uchun vaqt kerak bo'lishini bilgandim. Ishlashda davom etyapman va Kataloniya klubida birinchi raqam bo'lish uchun kurashaman.
Bunga erisha olishimni his qilmoqdaman. Agar boshqacha bo'lganida, "Barselona" men bilan shartnoma imzolamagan bo'lardi. Bu erda baxtliman va kamida qishgacha klubni o'zgartirish haqida o'ylamayman" - deydi Sillessen.
Sillessen "Barselona"ga o'tganidan so'ng hozirgacha 9 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar