So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  26 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Siyqaci chiqqan mavzu - TAQVIM! Yangiliklar

Siyqaci chiqqan mavzu - TAQVIM!

Bugun soat 19:30da "Paxtakor" 13-turning markaziy o'yinida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.
Ammo bu o'yinni na stadionda, na TVda ko'rish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Ko'pchilikning stadionga kelmasligi sababi, uyda soat 21:00da JCH o'yinini ko'rish, bo'lsa, yana kimlardir bunday issiqda ko'chaga chiqqisi kelmaydi. Bunday pallalarda najot TVdan. Ammo aynan shu o'yinni TV to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatmaydi. Bu erda Argentina - Belgiya o'yini bor.

Sal avvalroqqa qaytamiz. JCH paytida tanaffus elon qilishga men ham qarshiman, chunki yozning chillasida dam olgan maqulroq. Ikki oylik tanaffus esa ortiqcha. Biro lekini bor, har doimgidek bizda lekini bo'ladi. JCH taqvimi tuzib chiqilganiga necha yillar bo'ldi. Aynan qaysi kunda o'yinlar bo'lishini FIFA o'z taqvimida ko'rsatib qo'yganiga ancha bo'ldi. Buni hamma bilardi, shu jumladan PFL ham.

2 va 3 iyul kunlari JCH dam oldi. 2 iyul kuni ham mundial o'yinlari bo'lmadi. Taqvim tuzishdagi etiborsizlik natijasida FIFA dam olgan kunlari O'zbekiston chempionati va kubogi ham bo'lmadi, FIFA o'yinlari kuni esa markaziy o'yinlarimiz o'tkazildi. Bu narsani PFL boshidanoq bilgandi. Lekin nima uchundir etiborsiz qoldirishgan. Masalan, 1 iyul kuni muxlislar "Nasaf" - "Bunyodkor", "Paxtakor" - "Lokomotiv" o'yinidan Argentina - SHveycariya o'yinini ustun qo'ydilar. Qarshidagi chempionat o'yinida 20 000 nafarga yaqin muxlis kelgan edi. "Nasaf"ni finalga olib chiqishi mumkin bo'lgan o'yinga esa sakkiz ming nafar. Vaholanki, 2 iyul kuni JCHda bironta o'yin bo'lmas edi. Xuddi shunday bugun muxlislarga "Paxtakor" - "Bunyodkor" o'yini zig'ircha ham qiziq emas, sababi Argentina - Belgiya bilan o'ynaydi.

Oliy ligamiz o'yinlarga boy emas. Bor yo'g'i 26ta uchrashuv. Lekin shuni ham 365 kunga to'g'rilab sig'dira olmayotganimiz achinarli. Bahor va kuzda ajoyib havo harorati  bo'ladigan bir paytda, yozning issig'ida jizzadek qovurilamiz. Muxlislarga yaratilgan sharoitlar 10 ballik tizimda "0"ga teng. Hatto 0.01 ham emas. Oliy liga - 2014da Zomin va Andijondagidan boshqa hamma stadionda bo'ldim. Tribunada o'tirgan muxlis bir qultum suvga zor. Kim keladi bunaqa sharoitdagi stadionlarga? Uchrashuv komissarlari qaerga qarayapti? Kechirasiz, VIPda PFL xodimlari uchun eng alo sharoit yaratilishi yoddan chiqdi, ammo ularga aytishim mumkinki, bu sharoitlar faqat sizlarda, atrofingizdagi sektorlarga bir razm soling? Ha, to'g'ri aytasiz, suv qo'yib nima qilishadi, muxlisni o'zi yo'q-ku!

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика