Shveciya terma jamoasi bosh murabbiy yomon natijalar sabab ishdan haydaldi
14 okt 23:48
Yangiliklar


Shveciya terma jamoasi bosh murabbiy yomon natijalar sabab ishdan haydaldi
Shveciya futbol uyushmasi Yon-Dal Tomassonni lavozimidan ozod etganini elon qildi. Bu qaror jamoaning JCH-2026 saralashidagi qoniqarsiz natijalari sababli qabul qilindi.
Ushbu lavozimga nomzodlarni qidirish ishlari zudlik bilan boshlanadi.
"Shveciya futbol uyushmasi tomonidan qabul qilingan qaror terma jamoa biz kutgan natijalarga erisha olmaganiga asoslanadi. Mart oyida play-off o'yinlarida ishtirok etish imkoniyatimiz hali bor va bizning burchimiz jahon chempionati final bosqichiga chiqish uchun eng qulay sharoitlarni yaratishdan iborat. Shu bois terma jamoaga yangi murabbiy rahbarligida yangi boshqaruv kerak, deb hisoblaymiz," - dedi tashkilot raisi Simon Ostrem.
Shveciya terma jamoasi JCH-2026 saralashining 4 ta o'yinidan so'ng 1 ochko to'plab, B guruhi jadvalida oxirgi, 4-o'rinni egallab turibdi. Guruhda Shveycariya terma jamoasi 10 ball bilan peshqadamlik qilmoqda, undan keyin Kosovo (7 ochko) va Sloveniya (3 ochko) joylashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar