So’nggi yangiliklar

13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  8 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  7 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  3 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  7 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  80

"SHurtan" va "Mashal-2" bosh murabbiylarini yakunlangan bosqich haqida fikrlari Yangiliklar

"SHurtan" va "Mashal-2" bosh murabbiylarini yakunlangan bosqich haqida fikrlari

Bugun bo'lib o'tgan "Mashal-2" va "SHurtan" jamoalari o'rtasidagi birinchi liganing birinchi bosqich so'nggi tur bahsidan so'ng har ikki jamoa bosh murabbiylari o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Dilshod Andaev ("Mashal-2" jamoasi bosh murabbiyi):

Bugun chempionatning eng kuchli jamoasiga qarshi o'z maydonimizda uchrashuv o'tkazdik. Bugungi bahsda biz hech bo'lmaganda durang uchun o'ynagan edik. Yigitlar yomon o'yin ko'rsatmadi. Darvozabonimizni ikkita qo'pol xatosidan so'ng mag'lubiyatga uchradik.

Bu bosqichda og'ir o'yinlar juda ko'p bo'ldi. Bizni qo'llab-quvvatlagan klub rahbariyatiga, muxlislarga va barcha bizga befarq bo'lmagan insonlarga minnatdorchilik bildiramiz. Mana bugun "Registon"dan so'ng, "Xorazm" va "Spartak" jamoalari ham so'nggi uchrashuvlarga tashrif buyurmadi. Bu esa saviyani tushirib yubormoqda. Bu juda ham achinarli bo'lmoqda. Yana qaytaraman 1 ligani bitta zona qilib ikki davrada o'yin olib borish kerak.

Keyingi bosqichda yana akademiyamizdan chiqqan yoshlarni qabul qilib olib, asosiy jamoamizga kuchli futbolchilar tayyorlaymiz.

Muxtor Qurbonov ("SHurtan" jamoasi bosh murabbiyi):

Juda sust o'yin bo'ldi. Har ikki jamoa ham  mavsum oxiriga kelib haddan tashqari charchagandek. Ayniqda birinchi bo'lim ob-havoning keskin issiqligi bois sekinlik bilan ketdi. Baribir har ikki jamoa ham chiroyli o'yin ko'rsatib gol urishga intildi. Menga "Mashal-2"ning yoshlari juda chiroyli o'yin ko'rsatgani yoqdi. Bizni jamoaga kelsak , bizda faqat bitta yo'l bor va biz Oliy ligaga chiqmoqchimiz. SHu bois biz uchun ahamiyatsiz o'yin bo'lmaydi.

Biz birinchi bosqichda hamma ochkoni yig'in olib ikkinchi bosqichda to'xtab qolmoqchi emasmiz. Jamoamiz muvaffaqiyati keyingi bosqichda ham davom etadi. Ikkinchi bosqichni har bir o'yini final bo'ladi. Mana shu tanaffusda kuchliroq tayyorgarlik olib boramiz. Ikkinchi bosqichda tarkibimizda o'zgarish bo'ladi.

Bizga birinchi ligada munosib raqib yo'q deya olmayman. Har bir jamoa "SHurtan"ga qarshi kuchliroq tayyorlanadi va bizni oldinda qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Futbolda hech narsani taxmin qilib bo'lmaydi. Futbolda hamma narsa bo'ladi. Eng kuchli jamoa ham malum hududga borib to'xtaydi. Ikkinchi bosqichda bir necha teng kuchli jamoalar qo'shiladi. "SHarq"da kuchli jamoalar etarlicha. Biz esa kurashishda davom etaveramiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика