So’nggi yangiliklar

19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" 2:1 (матнли трансляция)  5 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  12 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  21 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  123

SHumqadam Yangiliklar

SHumqadam

Teglar :  NeftchiQo'qon-1912
Superliga 1-turdanoq yana tomoshabinlarni o'z domiga og'dira oldi. Faqatgina o'yin jihatdan emas, bahslashuv yuzasidan ham.

Yangi yildan buyog'iga deyarli endigina muxlislar bilan yuzma-yuz kelayotgan jamoalardan bir uyum gollarni baxshida etishlarini kutgandik. Dastlabki kungi bahslardagi to'rt jamoa esa negadir bu borada qurumsoqlik qilishdi. Bir tarafdan tushunish mumkin, hali endi mavsum start oldi, tarkiblar yangi, bir-birini razdevalkada birinchi marta ko'rgan jamoadoshlar bo'lishi mumkin ehtimol, hadiksirash har qaysi jamoada uchraydi va hokazolarning hokazosi... Qisqasi, sabab ko'p. Faqatgina bir narsa o'zgarmagan: tomoshabinlar tomonidan, asosan, o'yin yakunlari arafasida ijro etiladigan hakamlarga qasida hamon baralla yangramoqda, bu tabiiy hol. Axir kimdir ishxonasidagi hamkasbi bilan, kimdir uyda xotinposhsha bilan janjallashib kelishi mumkin. Ichidagi alamlarni chiqarishga esa hakamdan yaxshiroq sabab topilmaydi. Toshkentdagi o'yinda goldan umidimizni uzdik, Farg'onadan ham to'rlar titramayotgani haqida xabarlar kelib turgandi. Biroq o'yin yakunlari arafasida so'nggi bor O'zbekiston kubogi finalini boshqarib borgan Ahrol Risqullaev "Qo'qon-1912" darvozasi tomon penalti belgiladi. Hakam ushbu qarorini VAR orqali ko'rib chiqqach, belgiladi. Ushbu vaziyat ko'pchilikning etiroziga sabab bo'ldi. Hakam o'yin davomida etarlicha qo'pol o'ynab, sariq qog'ozdan siylanishga ulgurgan Ivan Yosovichni yana betartib o'ynadi deb hisobladimi yoki serbiyalik himoyachi chindan ham raqibini ag'anatib yubordimi, bu vaziyatni imkonimiz boricha kadrlar orqali namoyish qilishga harakat qilamiz.

1-kadr

Mana, bu penaltiga asos bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyat.

2-kadr

Aleksandr Eshichning "qulashi". Keling, oyoqbosdi vaziyatni bir boshidan ko'rib chiqamiz.

3-kadrEshich tomon jarima maydoniga to'p uzatildi. Bu ikkalasining ilk yaqinlashgan qadamlari.

4-kadr

Bu ikkinchisi. Ko'rib turganingizdek, Yosovichning oyoqlari raqibinikiga urilmagan.

5-kadr

Keyingi oyoq bosishlar. Ehtimol, shu erda qo'qonliklar himoyachisi Eshichning oyog'ini bosgan ko'rinar. Menimcha, unday emas. Raqib futbolchisi oyog'ini ko'tarishga ulgurgan.

6-kadr 

5-kadrning davomi. Ivan oyog'ini raqib oyog'imas, chimga qo'ydi, Aleksandr esa oyoq harakatini o'zgartirmadi ham, yani ko'tarishga ulgurdi.

7-kadr

Meni o'ylantirgan kadr mana shunisi bo'ldi. Yosovichning chap oyog'i raqib chap oyog'ining orqa qismini "silab" o'tgan bo'lishi mumkin. Video orqali buni yoqqol payqashning imkoni bo'lmadi ochig'i.

8-kadrSiladimi-yo'qmi, Eshich bu vaziyatda ham oyog'ini bemalol ko'tardi, vaholanki, agar qattiqroq zarba bo'lganda, ushbu holatda ham, undan avvalgisida ham yiqilish mumkin edi. Biroq Aleksandr harakatni davom ettirdi.

9-kadr

Nihoyat, kulminacion ko'rinishga ham etib keldik. Ko'rib turganingizdek, yiqilish nuqtasi. Ajablanarlisi, raqib ikki marta orqa tomondan oyoq qo'yganda emas, himoyachi to'xtagach, o'zining keyingi qadamida yurishini yakunladi. Ehtimol, 5 yoki 7-kadr to'qnashuv sababchisi bo'lishi mumkin. Afsuski, biz turli rakurslardan namoyish etiladigan APL o'yinida emasmiz. O'ylashimcha, g'arbiy Evropadagi shiddatli chempionatda bu kabi vaziyatlarda penaltining "p" harfiniyam berishmaydi. Bizga ko'ringani shu, xolos. Undan uyog'iga Vangalik qilolmaymiz. Uchrashuv bosh hakami Ahrol Risqullaev esa monitorda bizdan bir necha chandon yaxshiroq va yaqinroq tasvirdagi kadrlarni kuzatdi. Ehtimol, u to'g'ri qaror qilgan, balki g'alaba uchun o'zini erga sapchitgan futbolchiga ishonib qo'ya qolgandir. Bunisi bizga biroz qorong'i.

O.A


Superliga klublari yangi mavsumga qay darajada tayyorgarlik ko'rishdi?

"Paxtakor"ning yangi legionerlardan iborat markaziy himoya tandemi munosib o'ynadimi? 




Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика