So’nggi yangiliklar

21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  0 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  20 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  77 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:35"Манчестер Юнайтед" — "Челси". Таркиблар маълум  5 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  5 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   7 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  93 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  2 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  11 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  18 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  58

SHuhrat Toshpo'latov: "Darvozabon yarim jamoa deb bejiz aytilmagan" Yangiliklar

SHuhrat Toshpo'latov: "Darvozabon yarim jamoa deb bejiz aytilmagan"

Superliga 22-turdan o'rin olgan "Nasaf" - "Qo'qon-1912"(1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi SHuhrat Toshpo'latov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"Yigitlarimizga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Raqibning standart vaziyatlarda havfli o'ynashini bilardik. Mavsum davomida standart vaziyatlardan ko'plab gollar urishgan. Futbolchilar himoyada tartibli o'ynashdi. Hujumda yuzaga kelgan imkoniyatlarning biridan unumli foydalandik. Fursatdan foydalanib ko'p sonli muxlislarimizni ishonchli g'alaba bilan tabriklayman",- deydi SHuhrat Toshpo'latov.

- Bugungi uchrashuvning haqiqiy qahramoni jamoa darvozaboni bo'ldi...
- Darvozabon yarim jamoa deb bejiz aytilmagan. O'yin haqiqiy markaziy nomiga mos bo'ldi. Yigitlarga yana bir bor butun vujudi bilan harakat qilgani uchun rahmat aytib qolaman.

- SHerzod Nasrullaevning jarohati jiddiy emasmi?
- SHerzod Nasrullaev va Dilshod Saitovning jarohati qay darajada jiddiy ekanligini bilmaymiz. O'ylaymanki, havfli emas. Echinish xonasida ko'rganimizda ham yaxshi edi. Jamoaga bir necha kun tatil beramiz va o'z qarorgohimizda yig'ilamiz.

- Bosh murabbiyning yoningizda bo'lmagani qiyinchilik tug'dirmadimi?
- Albatta qiyinchilik tug'diradi. Ro'ziqul Berdievning tavsiyalarini o'yindan oldin va tanaffus paytida tinglab futbolchilarga etkazib berishga harakat qildim. Baribir ozgina bo'lsada hayajon bo'ldi.

- Bugun "Nasaf"ning mavsumdagi eng og'ir finalga teng o'yini bo'ldimi?
- SHunday desa ham to'g'ri bo'ladi. Barcha shu vaqtgacha o'tkazgan uchrashuvlarimiz ichida eng og'ir g'alabani qo'lga kiritdik. Hisob ham buni aytib turibdi. G'alaba qozonish uchun raqibdan bitta ko'p gol urishing kerak.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика