SHuhrat Qurbonov: "Raqib darvozasiga gol ura olmayapmiz"
12 apr 2024 23:10
Yangiliklar
SHuhrat Qurbonov: "Raqib darvozasiga gol ura olmayapmiz"
O'yin haqida
- Albatta, o'yinda mahorat va tajriba o'z so'zini aytdi. Farg'onalik muxlislarni va "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun Superligaganing top klublaridan biriga qarshi o'ynadik. Yigitlar kuchli raqibga nisbatan yomon o'ynashmadi.
- "Do'stlik"ning natijalari Pro-ligada ham yaxshi emas. Jamoaga nima etishmayapti?
- Pro-ligada ham bugungi kabi yomon o'ynamayapmiz. Raqiblar bizdan yaqqol ustunlik bilan g'alabaga erishishmayapti. Biz hozir gol ura olmayapmiz. Buning ustida ham ishlayapmiz.
- "Do'stlik"ning maqsadlari qanday?
- Bu yil Pro-liga jadvalining o'rta qismida mavsumni tugatish vazifamiz bor. SHuningdek, jamoada yosh futbolchilarni tarbiyalab, ularga ko'proq o'yin amaliyoti berish orqali kelgusida o'zbek futboliga etuk futbolchilarni etkazib berishni maqsad qilganmiz.
- Birinchi golda darvozabonni ayblaysizmi?
- Yo'q, u to'pni qaytarish uchun qo'lidan kelganicha harakat qildi. Qodirqulov zarbani mukammal ijro etdi, qaytarish qiyin edi.
- "Istiqlol" stadioni holati haqida fikringiz?
- Barchasi ajoyib edi. Haqiqiy futbol muhiti. Bizga yoqdi, bugun futbol o'ynab maza qildik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar