So’nggi yangiliklar

01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  10 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  20 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1

SHuhrat Muhammadiev: "Terma jamoa safidan joy olish bu ulkan sharaf" Yangiliklar

SHuhrat Muhammadiev: "Terma jamoa safidan joy olish bu ulkan sharaf"

Yaqindagina terma jamoadan chaqiruv olgan "Nasaf" jamoasi himoyachisi SHuhrat Muhammadiev "Bunyodkor" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida nima deyish mumkin, qiyin va asabiy kechgan muhim uchrashuvda biz haqli ravishda g'alaba qozondik. Birinchi bo'limda "Bunyodkor" bir-ikkita vaziyatlar yarata oldi. Ikkinchi taymda esa ularga hech qanday imkon bermadik. SHu kuni biz raqibdan kuchli o'ynadik va muhim bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdik.

-Terma jamoadan chaqiruv oldingiz. Bu yangilik sizga qanday tasir ko'rsatdi?
- Albatta, bu meni juda quvontirdi. Bu xabarni eshitib, xursand bo'lganim rost. Har bir futbolchi uchun terma jamoa safidan joy olish bu ulkan sharaf.

- "Nasaf" tarkibida ko'rsatayotgan o'yinlaringizni MTJ safida ham ko'rsata olasizmi? Aytmoqchi bo'lganim, terma jamoa libosida yanada yuqori sifatli futbol o'ynash kerak.
- To'g'ri, ko'pchilik o'z klubi safida yaxshi o'ynashi mumkin. Lekin terma jamoa libosini kiyganda o'sha o'z o'yinini ham ko'rsata olmay qolishi mumkin. "Nasaf"da biz bir-birimizni so'zsiz tushunib o'ynaymiz. Jamoamizda ichki muhim alo darajada. Bu narsa ham futbolchining o'z o'yinini ko'rsatishiga va yuksalishiga sabab bo'ladi. Men qanday o'yin ko'rsatayotganimni bilmayman, agarda qandaydir pog'ona ko'tarila olgan bo'lsam ham, bu erda klubning va jamoadoshlarimning hissalari katta. Terma jamoa tarkibida ham yaxshi o'yinlar orqali bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman. Mirjalol Qosimov tomonidan berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib qolishga va muxlislarimiz kutayotgan o'yinlarni ko'rsatishga bor kuch-g'ayratimni sarflayman.


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика