So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  1 01:50BALLON D'OR-2025  92 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  19 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

SHuhrat Maqsudov "Paxtakor" akademiyasi direktori etib tayinlandi Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov "Paxtakor" akademiyasi direktori etib tayinlandi

"Paxtakor" akademiyasining amaldagi direktori Olim SHokirov boshqa ishga o'tishi munosabati bilan akademiyada faoliyat olib borayotgan SHuhrat Maqsudov yangi lavozimga tayinlandi.

SHu munosabat bilan bugun "Paxtakor" stadionining anjumanlar zalida murabbiylar ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi. Unda Toshkent klubi rahbariyati ham ishtirok etdi.

"So'nggi ikki yilda akademiyamizda amalga oshirgan ishlarimiz ortidan saviya sezilarli darajada ko'tarildi. "Paxtakor" hamisha o'z tarbiyalanuvchilariga tayanib kelgan jamoa. Biz buni yaxshilash uchun maxsus loyiha ustida ish olib boryapmiz. Akademiyaga qo'shimcha maydonlar kerak va bu klubning bosh vazifalaridan biri bo'lib turibdi. Undan tashqari, CHilonzordagi bazamizdagi suniy maydonni zamon talablariga javob beradiganiga almashtirish va homiylarimiz ko'magida Qibraydagi sport majmuamizda qo'shimcha tabiiy maydonlarni qurib, uni yoshlar ixtiyoriga topshirish rejalashtirilgan. Mana, stadion ichidagi "shaxmatka" deb nomlanadigan maydon yangilandi. Ko'rib turganingizdek, oldimizda katta ishlar turibdi, bu borada Sizlar bizga yordam berishingiz kerak", - deb takidladi "Paxtakor" FK rais o'rinbosari Dilshod Karimov.

SHuhrat Maqsudovga 1 oy muddat ichida akademiya istiqboliga bag'ishlangan katta dasturni ishlab chiqib, uni klubga taqdim qilish borasida vazifa yuklatildi. Bu ishni mutaxassis akademiyadagi murabbiy va xodimlar bilan hamkorlikda bajaradi.

SHuhrat Maqsudov bildirilgan ishonchga javoban shunday dedi:
- Ayni paytda murabbiylar bo'yicha ahil jamoa shakllangani ishim oson kechishiga turtki bo'ladi. Qolaversa, klub rahbariyatining avvalgi yillarga qaraganda maoshlarni oshirgani va qarzdorlik yo'qligi, biz va jamoamizga faqat to'g'ri, vijdonan ishlash kerakligini anglatadi. Haqiqatdan, aytilganidek, tez kunlarda klubimizga yangi akademiya binosi quriladigan bo'lsa, unda asosiy jamoaga etkazib beradigan futbolchilarimizning saviyasi ancha baland bo'ladi.

Ayni paytda "Paxtakor" futbol klubi o'z akademiyasini jahon standartlariga xos tarzda yangidan bunyod qilish bo'yicha ish olib boryapti.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика