So’nggi yangiliklar

20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  0 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  3 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  0 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  4 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  2 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  8 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  10 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  2 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0

SHota Arveladze Sidiqov nega asosiy tarkibga kirmayotgani sababini aytdi Yangiliklar

SHota Arveladze Sidiqov nega asosiy tarkibga kirmayotgani sababini aytdi

"Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng SHota Arveladze matbuot anjumanida qatnashdi.

- Uzoq tanaffusdan so'ng yana avvalgi holatga qaytish uchun ishlashga to'g'ri keladi. Raqibni ham, ularning murabbiyini takidlab o'tishni istardim. "Bunyodkor" bilan doim o'yinlar qiziq kechadi. Stadionga kelgan muxlislar ham iliq muhit hosil qilishdi.

- Raqib o'yinlarini kuzatdik. CHempionatda bir bahs o'tkazishdi. Murabbiy to'pni nazorat qiladigan o'yinni xush ko'radi. Bu jihatlarni bilardik. Biz ikkinchi bo'limda yaxshiroq harakat qildik va g'alaba to'pini kiritdik.

- CHeranni hujumga o'tkazdim? Bu sinovdan o'tgan narsa. Albatta Sergeev ham formada, o'tgan turda gol urdi, ammo shunday qaror qabul qildik va shukurki bu o'z samarasini berdi.

- Birinchi bo'limda juda yaxshi o'ynay olmadik. Aynan shu o'yinga moslashib tayyorlangandik. Almashtirishlar ham faqat shu uchrashuv rejasi asosida yuzaga keldi.



- Biz havodan unchalik ko'p o'ynamaymiz, ko'proq erdan o'ynashga intilamiz. Birinchi gol shunday holatda ro'y berdi. Havoda esa Bikmaev, CHeran va Sergeev o'ynay oladi. Ammo biz erdan uzatmalarni amalga oshiramiz. Golda kimdir xato qiladi. Biz ham burchak zarbasidan so'ng gol o'tkazdik.

- Simich terma jamoadan kichik jarohat bilan qaytdi. Azamov og'riq his qilayotgani sababli uni zaxirada qoldirdik. Ular "Nasaf" bilan o'yinga tayyor holatda bo'lishadi.

- Sidiqov nega asosiy tarkibga kirmayapti? CHunki u Osiyo Kubogidan so'ng 2 oy hech qaysi jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmadi. U faqat trenajer zalida shug'ullandi. CHempionatda atiga 2ta o'yin o'tdi xolos.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика