So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  5 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

SHota Arveladze: "Raqibni kuchsizlantirish siyosatini o'z vaqtida "Milan" amalga oshirgan, "Paxtakor" emas" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Raqibni kuchsizlantirish siyosatini o'z vaqtida "Milan" amalga oshirgan, "Paxtakor" emas"

Superliganing 11-turi doirasidagi "Nasaf" - "Paxtakor" (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ilk qismida mehmonlar ustozi SHota Arveladze ishtirok etdi.

- Uchrashuvdan oldin "Nasaf"ga qarshi Qarshida o'ynash yoqimli ekanini takidlagandim. CHunki bu erda futbol o'ynash uchun ajoyib sharoit, ideal maydon bor. Raqib ham hujumkor futbol o'ynashni xush ko'radigan jamoa. SHu boisdan ham ularga qarshi o'yinlar shiddatkor o'tadi. SHuningdek, "Nasaf"ni Superligani juda yaxshi biladigan tajribali mutaxassis boshqaradi. Qarshilik muxlislar ham o'yin davomida ajoyib muhitni yaratib uchrashuvga zeb berishadi. Qarshiga kelib futbol o'ynash yoqimli. Agarda g'alaba qozonsang undanda zo'r. Birinchi davraning oxirgi bellashuvini o'z foydamizga hal etganimizdan xursandman. O'yin gollar bilan boshlandi. Bu esa stadionga kelgan ishqibozlarga yoqqan bo'lishi kerak. Ishonch bilan ayta olamanki, biz butun bahs davomida raqibdan kuchli o'ynadik. Uchrashuvni to'liq nazoratimiz ostiga olgandik. Hattoki hisob 2:1 bo'lib turgan paytda ham o'yin tizgini bizning qo'limizda edi. Tanaffusga qadar gol urganimiz ham ikkinchi taymga taktika qo'llashimizda bizga yordam berdi. Ikkinchi bo'limda yanada ko'proq gol urishimiz mumkin edi.

Har bir o'yin murabbiylarga o'z jamoasidagi xato va kamchiliklarni ko'rib olish uchun yordam beradi. Bugungi bahs biz ham qarshi hujumda yaxshigina xavf tug'dira olishimizni ko'rsatdi. Bazan raqibga to'pni berib qo'ygan holda qarshi hujumda o'ynashimiz mumkinligini ko'rib oldik.

Farruh Sayfiev dastlabki bahslarda maydonga tushdi. Jamoada raqobat mavjud. Hech kimga asosiy tarkibdan o'rin kafolatlanmagan. Sayfievni o'yinimizni zaxiradan tomosha qilish uchun jamoaga jalb etmaganmiz. Uning biz bilan birga ekanligidan xursandmiz. Sayfiev ko'p qirrali futbolchi. Farruh ham o'ng qanotda, ham chapda o'ynashi mumkin. Mavsum hali uzoq. O'ylaymanki, u hali bizga ko'p yordam beradi.
Biz raqibni kuchsizlantirish uchun transferlarga qo'l urmaymiz. Bu ishni 80-90 yillar "Milan" amalga oshirgan. Men bu taktikadan xabardorman. CHunki "Milan" paytida bu ish bilan shug'ullangan.

Men jamoam o'z jarima maydonchasi yaqinida o'ynamasligiga harakat qilaman. Qachonki raqib bizning darvozamiz oldidan uzoqda bo'lsa, unda biz kamroq gol o'tkazib yuboramiz. Ha, bugun ikkita gol qo'yvordik. Buni yaxshi tahlil qilamiz va xatolar ustida ishlaymiz. Kimga qarshi o'ynashimizdan qati nazar kam gol o'tkazib yuborishimiz lozim. To'g'ri, o'tgan yilgiga nisbatan yaxshi ko'rsatkich ko'rsatdik.

Egor Krimec hali maydonga tushishga tayyor emas. Uni qaydnomaga kiritganimizga sabab - jamoa bilan birga bo'lish imkoniyatini taqdim etdik. Krimec mehmonda jamoa bilan ushbu mavsumdagi ilk safarini amalga oshirdi", - deydi SHota Arveladze. 

Reyting: +36   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика