So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  25 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

SHota Arveladze: "O'tgan yili Namangan viloyati hokimi maydonni yaxshilashga vada bergandi, endi "Navbahor" shunday ajoyib maydonda o'ynamoqda" Yangiliklar

SHota Arveladze: "O'tgan yili Namangan viloyati hokimi maydonni yaxshilashga vada bergandi, endi "Navbahor" shunday ajoyib maydonda o'ynamoqda"

Coca Cola Superligasining 19-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi SHota Arveladze o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yindan oldin yigitlarga bahs muhiti CHempionlar Ligasidek bo'lishini aytgandim. Oddiy bo'lmasligini takidlagandim. Eronda stadionda odamlar ko'p bo'lgan va muhit o'zgacha edi. Yigitlar ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi. O'yinni to'liq nazorat qildik, ko'proq gol urishimiz mumkin edi. To'pni o'zimizda ushlab turdik. Mezbonlarda bahs oxirida yaxshi imkoniyat bo'ldi xolos. Bizda o'n nafardan ortiq futbolchilar terma jamoalarda bo'lishdi, Simich va Sergeevda kichik jarohat mavjud. Qiyin holatdan chiqib ketdik. Muxlislardan o'zlarini yaxshiroq tutishlarini so'ragan bo'lardim. Ular chiroyli o'ynagan, hujumkor futbol ko'rsatgan jamoani olqishlashlari kerak deb o'ylayman.

Murabbiyga hamisha qanchadir vaqt zarur. Ikkinchi mavsumda jamoani yaxshiroq bilasan. Kiyinish xonasida etakchilar kerak edi. Bazi o'yinchilarni tarkibga qo'shdik va natijalar yaxshi ko'rinish hosil qildi. O'tgan yili ham yaxshi o'ynagandik, umumiy hisobda ko'proq ochko yiqqandik.

O'tgan yili viloyat hokimi maydonni yaxshilashga vada bergandi. Bu yil jamoangiz shunday ajoyib maydonda o'ynamoqda. Bu barcha uchun yaxshi holat", - deydi SHota Arveladze.


Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика