So’nggi yangiliklar

10:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг навбатдаги йиғинига чақирилган футболчилар маълум  0 10:01Элит ОЧЛ. Биринчи тур учун рамзий жамоа тузилди, ундан "Насаф" ўйинчиси ҳам ўрин олди   0 09:52Sofascore. Жароҳат олиб, майдони тарк этган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:21Гвардиола шахсий антирекордини янгилади  1 08:50Sofascore. Кеча гол урган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 08:22"Андижон" Украина терма жамоаси собиқ футболчиси билан шартнома тузди  5 07:56Гвардиола Ҳусанов жароҳат олганини тасдиқлади  3 07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  1 01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  3 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  1 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  27

SHota Arveladze ketishi nima bilan bog'liq? (So'rovnoma yakunlari) Yangiliklar

SHota Arveladze ketishi nima bilan bog'liq? (So'rovnoma yakunlari)

Gruziyalik murabbiy "Paxtakor"ni tark etgach, Telegram kanalimizga so'rovnoma qo'ygandik.

O'tgan ikki kun ichida 10 mingdan ziyod o'quvchi so'rovnomaga o'z munosabatini bildirgan. Variantlar orasida "Murabbiy o'zini kuchliroq chempionatda sinab ko'rishni xohladi" 41 foiz ovoz bilan birinchi bo'ldi. Balki shundaydir. Kim biladi deysiz, Arveladzeni tez orada Evropaning birorta chempionatida ko'rib qolsak ajab emas. 

So'rovnomada qatnashganlarning 38 % "Rahbariyat murabbiyga katta pul to'lashdan voz kechdi" degan variantda to'xtalgan. Aniq raqamlar aytilmagan bo'lsa-da, gruziyalik murabbiyga "Paxtakor" yaxshi pul to'lab kelganini ko'pchilik biladi. Rahbariyat katta pul to'lashdan voz kechdimi? Bo'lishi mumkin. Buyog'iga jamoa ko'rpasiga qarab oyoq uzatsin deyilgan bo'lishi ham mumkin. 

"Murabbiy shunchaki shartnomasini uzaytirishni istamadi" varianti 12 foiz bilan uchinchi bo'ldi. Aytaylik, SHota Arveladzening o'zi shartnomani cho'zishni xohlamagan bo'lishi mumkinmi? Qachonki kuchliroq klubdan taklif tushsa, ko'p murabbiylar shunday yo'l tutishini bilamiz. Lekin Arveladzening oldida aniq takliflar bormi? Bu ham bir masala. 

"Paxtakor" yanada kuchli murabbiyni olib kelish uchun shunday yo'l tutdi" variantiga 9 foiz o'quvchi ovoz bergan. Bundan ko'rinib turibdiki, ko'pchilik "Paxtakor" yanada kuchliroq murabbiyni olib kelishiga aksar muxlislar ishonmayapti. Yangi mavsum startigacha hali ancha borligini hisobga olsak, balki rahbariyat Evropadan nomdorroq murabbiyni taklif etar. Xullas, buyog'i nima bo'lishini oliy hakam vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика