SHota Arveladze: "Igor Sergeev haqiqiy professional, men uni hurmat qilaman"
21 sen 2017 20:07
Yangiliklar
SHota Arveladze: "Igor Sergeev haqiqiy professional, men uni hurmat qilaman"
- Har ikkala jamoa yaxshi o'yin ko'rsatishdi. "Loko" ham, "Paxtakor" ham g'alaba uchun maydonga tushishdi. Bu albatta yaxshi. CHunki jamoalar hujumkor o'ynashsa, shiddatli o'yin bo'lsa, unda bundan avvalo muxlislar yutishadi. Bazida raqib yaxshi o'ynadi, malum muddat esa biz. O'yin taqdirini doim gol hal etadi. Lobanov bugun bizni goldan qutqarib qoldi. SHu boisdan ham Lobanov bizni darvozani qo'riqlamoda.
Bezerra ko'p xato qildi? Bizda uchta o'yinchini almashtirish imkoniyati bor. Men ko'proq xato qilgan va charqab qolgan futbolchilarni almashtirdim.
Igor Sergeev jamoa to'purari. Hujumchi juda mehnatkash va mashg'ulotda astoydil ishlaydi. Ikkinchi davrada esa hozircha 5ta gol kiritdi. Deyarli har uchrashuvda gol urmoqda. Men Igor Sergeevni hurmat qilaman. Sergeev haqiqiy professional.
Fikrlar